Timur Mamasidiqov: "Lokomotiv"dagi ishtiyoq bizdan ikki barobar kuchli edi"
18 okt 2022 10:45
Yangiliklar


Timur Mamasidiqov: "Lokomotiv"dagi ishtiyoq bizdan ikki barobar kuchli edi"
Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan “Lokomotiv" – "Olimpik" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Timur Mamasidiqov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborganimiz bizga qiyinchilik tug'dirdi. Hozir hamma jamoalar bizga qarshi ikkinchi raqamli bo'lib o'ynashyapti. Biz mashg'ulotlarda aynan mana shunaqa o'yinlar bo'yicha ham ishlayapmiz.
- Birinchi bo'limda jamoada ishtiyoq etishmagandek ko'rindi. Bu haqda fikringiz qanday?
- Yo'q, bizda birinchi bo'limda ham ishtiyoq yaxshi edi. Lekin ulardagi motivaciya bizdan ikki barobar yuqori edi. CHunki "Lokomotiv" yutqazsa, pastga qarab tushib ketaverardi.
- Golni kimga bag'ishladingiz?
- Oila azolarim bugungi o'yinni stadiondan kuzatishdi va men golni ularga bag'ishlagan xolda nishonladim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar