So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Timur Kapadze: "So'g'diyona" bizga qarshi umuman boshqa taktikada harakat qildi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "So'g'diyona" bizga qarshi umuman boshqa taktikada harakat qildi"

Superliga uchinchi turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ikki to'p farqini yo'qqa chiqarganimizdan xursandman, qiyin holatdan chiqib ketdik. G'alaba qozonishimiz ham, mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. O'yin oxirida ochik futbol ko'rdik. Bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi deya olaman. Qaerdadir xatolar bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo yigitlardan qoniqdim. Qiyin uchrashuvda bir ochko qo'lga kiritdik. FIFA kunlarida terma jamoaga etibor qaratamiz.

- "Olimpik" qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. SHu holatda "So'g'diyona" qanday kamchiliklarga yo'l qo'ydi deb hisoblaysiz?

- Ikkala jamoa ham kechagi noqulay havo sabab mashg'ulot o'tkaza olmadi. Lekin raqib o'yinga juda yaxshi tayyorlangani sezildi. Birinchi golda himoyachimiz xatoga yo'l qo'ydi, o'sha erda yaxshiroq o'ynashi ham mumkin edi. Bu futbol. Mavsum boshida hammada xato bo'ladi. Bu tabiiy holat. "So'g'diyona" ham bu holatdan yaxshi chiqib ketadi deb o'ylayman. Biz ham o'yindan o'yinga ochilib boramiz. Raqibning oxirgi ikki o'yinini o'rganib chiqqandik. Bu o'yinlarda "So'g'diyona" boshqa taktikada o'ynagandi. Bizdan kelib chiqib bugun umuman boshqa taktikada harakat qilishdi. Raqibga omad tilayman. Kamchiliklarga kelsak, raqib murabbiyi bu o'yindagi kamchiliklaridan kerakli hulosa chiqaradi. Bugun eng muhimi muxlislar uchun yaxshi o'yin bo'ldi.

- Sizni juda tartibli murabbiy deb bilamiz. Bugungi o'yinda esa juda ko'p marta hakamlarga va o'z shogirdlaringizga etiroz bildirdingiz. Bunga qanday izoh berasiz?

- Bugun men ham maydonda edim. Qaerdadir qizishib ketasiz, qaerdadir nimadir o'xshamaydi. Balki, hakamlarga vaziyat boshqacha ko'rinayotgandir. Men ham ancha yil futbol o'ynaganman. O'yindagi vaziyatlarni yaxshi tushunaman. SHu sabab ham qaerdadir etiroz qilishim tabiiy holat. Ikkinchi golda menimcha to'p futbolchining qo'liga tekkandi. Fol bor edi. Bu vaziyatlarni ko'rib chiqamiz. Menda VAR yoki takroriy vaziyat yo'q edi. Hakamlar qo'mitasi ham bu vaziyatlarni ko'rib chiqadi. Hech kim yutqazishni xohlamaydi. Balki, bazi holatlarda ko'proq qizishib ketgandirman. Mag'lubiyatni yomon ko'raman. Bu normal holat. Qaerdadir nohaqliklar bo'lsa bunga chiday olmayman. Har bir o'yinga juda ko'p tayyorgarlik ko'ramiz. Ancha ish olib boriladi, mashg'ulotlar, nazariya darslari o'tiladi. Maydonda ikki jamoa ham g'alaba uchun chiqadi. Qaysidir epizodda hakamlar qilgan xatolar biz uchun juda og'ir botadi. Bazi vaziyatlarni hisobga olmasak, hakamlar o'yinni yaxshi boshqardi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика