So’nggi yangiliklar

12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  4 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  12 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  9 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1

Timur Kapadze: "Maliga qarshi o'yinlar Olimpiada ishtirokchilarining qanday darajada ekanini chamalab olishga yordam beradi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Maliga qarshi o'yinlar Olimpiada ishtirokchilarining qanday darajada ekanini chamalab olishga yordam beradi"

O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Maliga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yiniga bo'layotgan tayyorgarlik, Olimpiya o'yinlari va boshqa mavuzlar haqida gapirdi.

– Tayyorgarlik haqida gapirsangiz?

– Tayyorgarlikni boshladik. Ikki kundan beri yig'indamiz. O'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Hamma sog'-salomat. Hamma har xil formada etib keldi. Ikki kun davomida yig'inga kelgan o'yinchilarni jismoniy holatini to'g'irlashga kirishganmiz. Biz uchun bu o'yinlar tajriba beradi. Mali Afrika jamoasi, ularning darajasini ko'rib olamiz. Mali Olimpiada ishtirokchisi, bu o'yin bizga Olimpiya o'yinlari ishtirokchilarini qanday darajada ekanini chamalab olishga yordam beradi. 

– Milliy terma jamoa bilan bir vaqtda yig'in o'tkazilyapti. Jamoani yana to'liq yig'a olmadingiz. SHu haqida gapirsangiz...

– Boshqa ilojimiz yo'q. Terma jamoa har doim ustun. Ularda asosiy o'yinlar bor. O'ylaymanki, Olimpiadaga qadar to'liq tarkibda yig'in o'tkazamiz.

– OTJ uchun olinayotgan rolikda Eldor SHomurodov ishtirok etdi. Bu Eldorni Olimpiadada ko'rishimizni anglatadimi?

– Nafaqat Eldor, boshqa legionerlar ham uzaytirilgan ro'yxatda bor. Hali vaqt bor, oldinda Superliga o'yinlari bor. To'g'ri, Eldor tatilda bo'ladi, lekin baribir hali bir nima deb bo'lmaydi. 18 talik ro'yxat tuzishimiz kerak. Raqobat bo'ladi, eng munosiblarni tarkibga jalb qilamiz.

– Olimpiadadagi raqiblar haqida gapirsangiz?

– Olimpiadada birinchi marta ishtirok etamiz.  Biz uchun ham qiziq. Raqib ham Ispaniya. Hayajon bo'ladi. Bu turnirning yaxshi tomonlari ko'p. O'ylaymanki, turnirga yaxshi tayorgarlik ko'ramiz.

– Olimpiya o'yinlaridan nimalar kutyapsiz?

– Oldimizga yuqori maqsad qo'yamiz. SHunga yarasha harakat qilamiz. Oson bo'lmasligi aniq. Biz uchun birinchi navbatda tajriba bo'ladi. Har bir o'yinga munosib tayyorlanamiz. Ispaniya, Misr, Dominikan ham kuchli jamoalar. Oson o'yinlar bo'lmaydi. Hech bir raqibdan qo'rqmaymiz. Maydonda hal bo'ladi. 

– Olimpiada oldidan Franciyada yig'in o'tkazasizlar. U erda Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini haqida xabarlar chiqqandi. Yana bir raqib bo'yicha yangilik bormi?

– Bor. Hozir aniq ayta olmayman. Bu masala bo'yicha ish olib borilmoqda. O'FA buni tez orada elon qilishi kutilyapti. Hozir men aniq bir narsa deya olmayman. 15 iyul kuniga raqib qidirilmoqda. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика