So’nggi yangiliklar

10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  0 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  1 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  6 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  0 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  4 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  5 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  6 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  7

Timur Kapadze: “Kerakli ochkolarni qo'lga kiritsak, chempion bo'lamiz” Yangiliklar

Timur Kapadze: “Kerakli ochkolarni qo'lga kiritsak, chempion bo'lamiz”

“Lokomotiv” sardori Timur Kapadze klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida “Al Ayn”dan uchralgan mag'lubiyat, “Olmaliq” bilan kechgan bahsda zaxirada qolishi qanday tasir qilgani xususida gapirib berdi.

SHuningdek, tajribali yarim himoyachi oliy ligadagi chempionlik va Kubokni qo'lga kiritish borasidagi imkoniyatlar borasida ham to'xtaldi.

– Osiyo chempionlar ligasi 1/4 final javob bahsida “Al Ayn”dan uchralgan mag'lubiyatni qanday qabul qildingiz?

– Bu mag'lubiyat menga ham, jamoadoshlarimga ham juda qattiq tasir qildi. O'yindan oldin barchamizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi. CHunki safarda ular bilan durang o'ynab qaytgandik. Javob bahsida bizga faqat g'alaba zarur edi. Ammo kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo'ydik.

– Mana shu uchrashuvda “Lokomotiv”ga nima etishmadi deb hisoblaysiz?

– Avvalo omad. Negaki “Al Ayn” bizdan bir bosh ustun emasdi. Ikkala bellashuvda ham ular bizdan yaqqol ajralib turishmadi. Toshkentdagi bahsda bizda ham etarlicha imkoniyatlar bo'ldi, ammo raqibdan farqli ravishda to'p kirita olmadik. “Al Ayn” omad tufayli gol urib yutib ketdi va keyingi bosqichga yo'l oldi deb o'ylayman. Lekin tan olishk kerak, ularda legionerlar kuchli va aynan ularning o'yini tufayli “Al Ayn” g'alaba qozonib ketdi.

– Jamoada qandaydir xavotir bormidi?

– “Al Hilol” bilan o'yinga nisbatan xavotir bor edi deb o'ylayman. Bu xavotir ayniqsa hujumga o'tganimizda sezildi. Qandaydir cho'chib harakat qildik deya olmayman, lekin hujumdagi ishlarimiz unchalik qovushmadi. To'p bilan oldinga o'tganimizda hujumchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch etmadi.

– “Al Ayn” OCHLda “Loko”ga raqib bo'lgan jamoalar orasida eng kuchlisimi?

– SHuni aytishim mumkin, “Al Ayn” BAAning eng kuchli klubi hisoblanadi. Ularda ko'p futbolchilar milliy terma jamoada to'p tepishadi. CHiziqlar bo'yicha deyarli kamchilik yo'q hisobi. Yarim himoyada koreyalik, shuningdek hujum chizig'ida ham uch nafar xorijlik futbolchi o'ynaydi. Albatta, o'yinchilarning alohida jihatlari bo'yicha ular bizdan kuchli bo'lishi mumkin, lekin jamoa sifatida biz bilan teng saviyada edi.


– Umuman, “Lokomotiv”ning bu yilgi OCHLda ishtiroki xususida nima deya olasiz?
– Yil boshida oldimizga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgandi. CHunki o'tgan yil oxirgi o'rinni olganimiz juda alam qilgandi. Guruhdan chiqqach, sekin-asta maqsad ham ortib bordi. Ishtaha ovqat paytida keladi deganlaridek, dastlab “Al Hilol”ni ortda qoldirdik. Keyin chorak finalga yo'l olib, “Al Ayn” bilan o'ynadik. Nima bo'lishidan qatiy nazar, “Lokomotiv” o'z tarixida yangi sahifa ochdi va bundan muxlislar xursand bo'lsa arziydi.

– “Temiryo'lchilar” keyingi bellashuvni safarda “Olmaliq”qa qarshi o'tkazib, 5:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Ruhiy tushunkunlikdan chiqib ketish qiyin bo'lmadimi?

– Futbolchi faoliyatida g'alabali onlar qatori mag'lubiyatlar ham uchrab turadi. CHunki bu sport, kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Eng muhimi esa, professional futbolchi yutuqdan havoalnib ketmasligi hamda mag'lubiyatdan juda ham tushkun holatga tushib qolmasligi zarur. CHunki o'yin o'tgach, ertasi kundan boshlab navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'rish lozim bo'ladi. Baribir mag'lubiyat ruhan tasir qiladi, lekin keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rar ekansan, bo'lib o'tgan voqealarni unutishingga to'g'ri keladi.

– “Olmaliq” bilan kechgan bahsda siz, Jeparov, Gevorkyan kabi tajribali futbolchilar zaxirada qolishdi. Birinchi taymdagi jamoa qanday ko'rindi?

– Jamoamizda 20 nafar yaxshi saviyadagi futbolchi bor va ularning hammasi asosiy tarkibda o'ynashga loyiq. Murabbiy kimni tushirsa, har bir futbolchi ishonchni oqlashga harakat qiladi. Birinchi taymdagi jamoa yaxshi harakat qildi, to'g'ri, xatolar kuzatildi, lekin muhimi g'alaba qozondik.

– Zaxirada qoldirishgani sizga qanday tasir qildi?

– Murabbiylar o'yindan oldin ko'rsatma berayotganda zaxiradagilar ro'yxatiga kiritilganimni bildim. Endi bu murabbiyning qarori edi va men buni muhokama qila olmayman. “Al Ayn”dan keyin tiklanish uchun bizga biroq vaqt kerak edi, shu bois zaxirada qolgan bo'lsam kerak.

– Qizig'i shundaki, “Olmaliq”qa qarshi birinchi davra bahsida ham zaxirada qolgan ekansiz. Qolgan barcha o'yinlarda asosiy tarkibda tushgansiz. Mana endi ikkinchi bellashuvda ham shunday holat kuzatildi. Bu tasodifmi?

– To'g'risi, bu malumotga hech etibor qilmagan ekanman. Esimda, “Olmaliq”qa uchrashuvdan oldin safarda “SHo'rtan” bilan o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandim. SHu bois keyingi uchrashuvni o'tkazib yuborgandim. Bu safar esa Al Ayn” bilan bellashuvdan so'ng murabbiylar shu qarorga kelishdi.

– Buyog'iga “Lokomotiv” uchun chempion bo'lish va Kubokni qo'lga kiritish vazifasi qoldi. Imkoniyatlar haqida nima deysiz?

– Hozircha hammasi o'z qo'limizda. Eng asosiysi shu. Agar kerakli ochkolarni qo'lga kiritsak, chempionlik albatta bizniki bo'ladi. SHuningdek, Kubokda ham g'olib chiqishga harakat qilamiz.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика