So’nggi yangiliklar

00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  0 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  5 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  20 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  1 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  6 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  16 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  266 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  6 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  0 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  3 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1

Timur Kapadze: "Hali vaqti keladi, "Buxoro" chempion ham bo'ladi, OCHLda O'zbekiston sharafini himoya qiladi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Hali vaqti keladi, "Buxoro" chempion ham bo'ladi, OCHLda O'zbekiston sharafini himoya qiladi"

Coca Cola Superligasi 19-turi doirasida "Buxoro" maydonidagi g'alabadan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Jamoamni g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Penalti bormidi yo'qmidi, vaziyatni ko'rmadim. Lekin umuman olganda bugungi o'yinimiz orqali jamoam g'alabaga loyiq edi deb o'ylayman. Yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi, balki ertaroq gol urganimizda barchasi ertaroq tugashi mumkin edi.

 

Jamoada barchaning ko'ziga tashlanib turgan muammolar bor edi. "Buxoro" o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ko'rindi. Ular birinchi bo'limda bizga katta tashvishlar keltirib chiqarishdi. "Buxoro"ga omad tilayman, ularning holatini tushunib turibman. Ammo bu futbol. 

- "Buxoro"dek jamoaning Superligada bo'lmasligi chempionatga qanchalik tasir o'tkazadi? CHunki "Buxoro" kabi o'z stadioni, muxlislarga ega jamoa Superligada kam.

- "Buxoro" Superligada yaxshi o'ringa ega jamoa, muxlislarini doimo hurmat qilib kelganman. Ular jamoasini sevadi va yaxshi muxlislik qilishadi. Ular bugungi mag'lubiyat sababli Superligadan tushib ketishmayapti, mavsum davomida ko'p joylarda ochko ololmagani, kamchiliklar bo'lgani tasirini o'tkazdi. Buxoroda doimo futbol bo'ladi, chunki jamoaning jonkuyar muxlislari bor. "Buxoro" doimo muxlisligi bilan maqtana oladi va shu sababli ular Superligada yaxshi jamoa bo'lib, yuqori o'rinlarda yurishga haqli. CHunki jamoa muxlislari ham buni kutishadi. 

Vaqti keladi, hali "Buxoro" ham chempion bo'ladi, OCHLda O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Buning uchun yaxshi jamoa, murabbiy va rahbariyat kerak. Klubda ko'p narsalarni to'g'rilash kerak. CHunki ko'chadan klubdagi sharoitlar, akademiya va boshqa narsalar haqidagi kamchiliklarni eshitamiz. O'ylaymanki, asta-sekinlik bilan barchasi to'g'rilanib, yaxshilanib boriladi.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика