So’nggi yangiliklar

02:54Миллатлар лигаси. Германиядан 7:0, Нидерландиядан 4:0 ва бошқа натижалар  0 01:58"Интер"нинг икки ҳужумчиси келаси ёзда клубдан кетади  0 01:21Дьёкереш учун курашда етакчи клуб номи маълум  4 00:20Сане ўзига янги клуб танлади  1 00:04Миллатлар лигаси. Украина ва Грузия ўзаро дуранг ўйнади, Туркия ўз уйида Уэльсни енга олмади ва бошқа натижалар  0 23:13Погба "Манчестер Юнайтед"га қайтади  2 22:40Дэвис келганидан сўнг ким "Реал"дан кетади?  5 21:59"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиради. Вингер клубда 10-мавсумини ўтказмоқда  1 20:46Раньери: "Нега бу йигит ўйнамаяпти?"  7 20:12Европа гранди Хвича Кварацхелияга қизиқишни тиклади  5 19:52Россия қачон ФИФА ва УЕФА мусобақаларига қайтади?  21 19:38"Бавария" маошлар харажатини камайтириш учун ўз юлдузларидан бирини сотади  0 19:26Ўзбекистон терма жамоасининг Лаосдаги машғулотлари  15 17:18Мухлислар Мексика терма жамоаси устозини бошини ёришди  9 16:56Россия Бруней билан ўртоқлик ўйини учун қанча тўлаган?  17

Timur Kapadze g'alabaga to'sqinlik qilgan jihatlar, Rossiyada zaxirada qolib ketayotgan yoshlar haqida gapirdi Yangiliklar

Timur Kapadze g'alabaga to'sqinlik qilgan jihatlar, Rossiyada zaxirada qolib ketayotgan yoshlar haqida gapirdi

Coca Cola Superligasi 18-turi doirasida "Turon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Temur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.

- "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman, "Turon"ga esa keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Qiziqarli o'yin bo'ldi, "Turon" ham o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezildi. Ilk daqiqadanoq bosim va pressing qilishga intilishdi. Lekin biz raqibdan ko'ra yaxshiroq o'ynadik, yaxshiroq vaziyatlarga ega bo'ldik. Albatta, xatolar ham bo'ldi. Umuman olganda g'alabaga haqli edik. Kamchiliklar ustida esa ishlaymiz.

- Ushbu mavsumda "Olimpik"da ichki muhitda kamchiliklar kuzatilayotgandek. Balki jamoaga yoshi katta futbolchi kerakdir.

- Balki qaerdadir bu ham o'z rolini o'ynashi mumkin. Har kuni jamoaning kattasi sifatida yigitlar bilan ishlayman, ularga ham ko'p narsalarni o'rgataman. Ammo maydon ichidagisi boshqa narsa. Muhit bizda yaxshi. Har kuni birgamiz. Natija bo'lmagan o'yinlarning esa sabablari bor. O'sha o'yinlarda o'zimiz xato qilib, gollar o'tkazib yubordik. Biroq o'sha o'yinlarda ham yigitlarim yaxshi harakat qilishdi, o'yinga berilgan vazifalarni bajarishga intilishdi. Muhit yaxshi, kamchiliklar ham o'zgarishlar ham bor. Moslashish jarayoni ham bor, chunki yangi jamoaga kirishib ketish, ichidan o'zi uchun joy topish kabi holatlar rol o'ynayotgandir. Birinchi davradan keyin ko'p futbolchilar jamoadan ketdi, ularning o'rniga yangilari keldi. Baribir vaqt kerak. Ish yaxshi ketyapti, har kuni o'sish uchun harakat qilyapmiz.

- Bugungi g'alabadagi asosiy omil nimada bo'ldi deb o'ylaysiz? O'zini tushunishmi, vaziyatdan foydalanishmi yoki qanday jihat g'alaba omili bo'ldi?

- Har bir o'yinda yaxshi o'ynadik, ularda gollar urishimiz uchun imkoniyatlarimiz ham bo'ldi. Undan tashqari ham yaxshi vaziyatlar yarata oldik. Ko'p o'yinlarda o'zimizning xatolarimiz sababli mag'lub bo'ldik. Bugun unday xatolar bo'lmadi. O'z imkoniyatlarimizdan foydalandik. Umuman olganda ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi. Ikkita gol g'alaba uchun etarli bo'ldi, asosiysi nolga o'ynadik.

- "Olimpik" birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi deb hisoblaysizmi yoki ikkinchisida?

- Ikki xil taym bo'ldi. Birinchi bo'limda jamoalarda kuch ko'p bo'lgani uchun barcha vaziyatlarga ulgurishga harakat qilishdi, taktik rejadan chetga chiqmasdan o'ynamoqchi bo'lishdi. Ikkinchi bo'limda esa chiziqlar ochilishni boshladi. Gol o'tkazib yuborgandan keyin "Turon" oldinga o'tdi. Biz esa qarshi hujumlardan foydalansak bo'lardi. Ikkinchi bo'limda esa ko'proq vaziyatlar bo'ldi. 

- Oldinda Olimpiya termamizni muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Tarkibda esa muammolar bor. Fayzullaev, Norchaev, Jiyanov kabi futbolchilar hali o'z jamoalariga kirishib ketganicha yo'q. Siz bunday muammolarni qanday bartaraf etmoqchisiz?

- Ularning o'rni boshqacha. Ularning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. Norchaev bilan ham Ruslan bilan ham doimiy aloqadaman va vaziyatlardan boxabarman. Qanday mashg'ulot qilayotganini bilib turibman, kerak bo'lsa jismoniy holatni ushlab turish uchun individual mashg'ulotlar qilishini aytyapman. Menimcha barchasi yaxshi. U erda raqobat bor. Keyinchalik murabbiy o'zgardi. Nyuanslar bor. Bunday paytda ko'p narsa agentlarga bog'liq deb o'ylayman. Ular bu holatga nozik qarashi kerak. Iqtidorli yigitlarning u erga borib zaxirada o'tirishi yaxshi emas. Hech kimga asosiy tarkibdan joy berib qo'yilmagan. Buning uchun kurashish kerak. Lekin bu vaziyat cho'ziladigan bo'lsa, uni o'zgartirish kerak. Bu yoshda futbolchi o'ynashi kerak. Hech bo'lmasa 10 kun vaqtimiz bo'lganida, kim bilandir o'rtoqlik o'ynab, holatni yaxshilashga harakat qilardik. Biroq bizda bunday imkoniyat bo'lmaydi. CHunki 1 sentyabrda yig'iladigan bo'lsak, kimdir bir kun keyin, kimdir 3 kun keyin jamoaga keladi. Ularning ham o'yinlari bor. Jamoaga etib kelganidan keyin vaziyatga qaraymiz. Kim tayyor bo'lsa, o'yinga tushiramiz. 3ta o'yinimiz bor, kimdir birinchisiga, kimdir ikkinchisiga tayyor bo'lib qolishi mumkin. Vaziyatdan kelib chiqamiz. Ular hozirgi kunda qobiliyatli va kuchli futbolchilar. "Paxtakor"da, "Nasaf"dagi futbolchilarni kuzatyapmiz. Kim yaxshi holatda bo'lsa, o'shani o'ynatib, oldimizdagi vazifani bajarishga harakat qilamiz.

- So'nggi paytlarda yosh futbolchilarimizda Rossiya chempionatiga bo'lgan qiziqish ortib ketgan. O'z navbatida Osiyo chempionatlaridan keyin rus klublari ham bizning yosh futbolchilarga etibor qaratmoqda. Biroq Rossiyaga borib, zaxirada o'tirib qolishyapti. Ular nima sababdan Rossiya futboli tomon yuzlanishmoqda? U erda zaxirada qolib ketishi bizning termalar uchun qanchalik ziyon? Yosh futbolchilar boshqa chempionatlarda omadlarini sinab ko'rsa bo'lmaydimi?

- Rossiya chempionatini har taraflama kuchli desa bo'ladi. SHu sababli u erga borayotgan yosh futbolchilarning o'sishi uchun poydevor bo'la oladi. Lekin kam imkoniyat berilayotgan bo'lsa yoki raqobatda yutqazayotgan bo'lsa, boshqa sabablari bo'lsa, vaziyatni o'zgartirish kerak. Vaziyatga qarab, o'ziga kerakli murabbiyni topishi kerak. Har xil murabbiy bu holatga har xil qaraydi. Asosiysi - ko'p o'tirib qolishmasin. Sinab ko'rish - normal holat. Hozir Turkiyada ham yoshlarga katta etibor qaratishmoqda. Asosiysi o'ynashi kerak, muhimi o'tirib qolishmasin. O'yin ritmi boshqa narsa, bu yoshda ular ko'proq o'ynashi lozim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика