So’nggi yangiliklar

19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4

Timur Kapadze: “Bunyodkor”ning kelajagi yorqin" Yangiliklar

Timur Kapadze: “Bunyodkor”ning kelajagi yorqin"

Klubimiz tarixida o'ziga xos iz qoldirgan futbolchilar bilan suhbatlashishda davom etamiz.
Bu safargi mehmonimiz “Bunyodkor” jamoasi safida to'rt mavsum to'p tepib, klub tarixida ajoyib ko'rsatkichlar qayd etgan futbolchi Temur Kapadze.

- “Bunyodkor” futbol klubi faoliyatingizda qanday iz qoldirgan?

- 2008-2011 yillar oralig'ida “Bunyodkor” jamoasi bilan faoliyatimning eng yorqin damlarini o'tkazganman. Ajoyib muhitda dunyo futbol yulduzlari bilan bitta jamoada bo'lish eng baxtli onlarimdan biri bo'lgan. Menimcha, o'sha paytda har bir futbolchi bizning safimizda bo'lishni orzu qilgan. Bunday ahil va kuchli jamoani bir joyda jamlagan insonlarga alohida tashakkur izhor qilaman.

- Nima deb o'ylaysiz, “Bunyodkor” FK tashkil etilgach u o'zbek futboli rivoji uchun qanchalik darajada o'z hissasini qo'sha oldi?

- O'ylashimcha, bu jamoaning paydo bo'lishi har tomonlama o'zbek futbolini oldinga siljishiga turtki bo'ldi. Ayniqsa, 2008 yilgi o'yinlar samarasi o'laroq O'zbekiston futbolini butun dunyo tanidi!

- Jamoada o'tkazgan qaysi mavsum Siz uchun ko'proq qadrli?

- Hech qaysi yilni alohida ko'rsatib o'tmoqchi emasman. CHunki har mavsum o'ziga xos yaxshi xotiralar bilan eslaydigan yillar bo'lgan.

- Esda qolarli uchrashuv sifatidachi?

- Menimcha, 2008 yilgi Osiyo CHempionlar ligasining barcha uchrashuvlari juda-juda qiziqarli kechgan. SHaxsan men uchun “Sepaxon” bilan Toshkentda o'tgan o'yinning ahamiyati baland. CHunki ushbu uchrashuvda o'z hisobimga gol yozib qo'ygandim (kuladi).

- O'rta chiziqda Siz bilan birga o'ynagan futbolchilar ichida eng yaxshi tandemchi sifatida kimni ko'rsatgan bo'lardingiz: Rivaldo, Jeparov, Haydarov, Joao Viktor, Karpenko?

- Albatta Jeparov! Axir Server bilan bungacha “Paxtakor”da ham birga o'ynab, bir-birimizni juda oson tushunardik.

- Rivaldodan tashqari, legioner futbolchilardan kimning harakatiga yuksak bahoni bergan bo'lardingiz?

- Xose-Luis Vilyanueva va Stevica Ristich! Men uchun bu ikki hujumchining harakatlari xuddi ular dunyoga faqat gol urish uchun kelishgandek tuyulardi. CHunki yarimta vaziyat yaratsak ham ular bundan unumli foydalana olishardi.

- “Bunyodkor”ning kelajagi xususida nimalar deya olasiz?

- Klub hamisha yuksak marralarni ko'zlab keladi. Bu borada jamoa o'zining maxsus dasturini ishlab chiqib, uni amalda qo'llay boshlagan. Ilgari jamoada asosan mahoratli futbolchilar to'p tepishgan bo'lsa, hozirga kelib klub futbol maktabidan ajoyib futbolchilar etishib chiqmoqda. Hozirgi paytda asosiy jamoa tarkibi o'zgarib, avlodlar almashinuvi yuz berayotgan bo'lsa-da, “Bunyodkor”ning natijalari o'sha-o'shaligicha qolgan. Men ko'proq “Bunyodkor” yoshlari tarkibida to'p tepayotgan ukam Kamronbey bilan gaplashib turaman. Ular ayni damda eng asosiy raqobatchilarini ochkolar bo'yicha katta tafovut bilan ortda qoldirishib, musobaqa jadvalida birinchi pog'onanini band etib turishibdi. “Bunyodkor” yoshlari safida deyarli klub tarbiyalanuvchilari to'p tepishmoqda. Avvallari yoshlarga qaratilgan etibor bugungi kunga kelib o'z mevasini bera boshladi. SHundan xulosa qilib ayta olamanki, “Bunyodkor”ning kelajagi yorqin va u munosib qo'llarda, deb bemalol ayta olaman!

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика