So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  23 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  34 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  101 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1027 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Timur Kapadze: "Afsuski, o'yin boshidagi qizil kartochka tufayli hammasi o'zgarib ketdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Afsuski, o'yin boshidagi qizil kartochka tufayli hammasi o'zgarib ketdi"

Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Qizilqum" (0:0) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Turnir jadvalida yonma-yon borayotgandik. "Qizilqum" ham o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rayotgani haqida eshitdik va bilardik. Biz ham jiddiy yondashib, o'ynadik. Afsuski, o'yin boshidagi qizil kartochka tufayli hammasi o'zgarib ketdi – o'yin strategiyamizni o'zgartirdik. 10 kishi bo'lib ham g'alaba qozonish imkoniyatimiz bor edi. Vaziyatlar bo'ldi, ammo foydalanishda oqsadik. CHetlatish bilan bog'liq vaziyatni hali ko'rib chiqqanim yo'q. Nazarimda, holat qizil kartochkaga tortmasdi. Voqeani hakamlar qanday baholashdi, bilmadim. Penalti berishdi – hayriyatki, VAR ko'rib, bu xatoni to'g'riladi. Umuman olganda, 11 kishi bo'lganimizda o'yin boshqacha bo'lardi deb o'ylayman. "Qizilqum"ga to'pni berib, qarshi hujumda o'ynashga urindik. Bu o'yin biz uchun sinov bo'ldi. Qarab chiqamiz, foydali o'yin bo'ldi, eng muhimi – shu", – dedi Kapadze.



- Farruh Muxtorov uzoq vaqtdan keyin bugun maydonda ko'rinish berdi. Unda ortiqcha vazn bordek. O'yinida pasayish kuzatilmayaptimi?

- Muxtorovga kelsak, unda ortiqcha vazn yo'q. O'rinbosarlar tarkibida va mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatgani uchun unga imkoniyat berdik. Menimcha, bosim tufayli o'zini ko'rsatolmayapti, chunki u bundan yaxshi o'ynay oladi, nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. Ko'p xatolar qildi, ammo foydali harakatlari ham bo'ldi. Uning xatolari ustida ishlashga harakat qilamiz. Biz ko'proq ruhiy taraflama oqsadik, sababi o'yin boshidayoq penalti va qizil kartochkalar kuzatildi. Bu yigitlarga ruhiy zarba bo'ldi, ammo ular bu holatdan chiqib keta olishdi.

- Belgilangandan keyin bekor qilingan penalti, qizil kartochka va o'tgan turda "Bunyodkor" bilan o'yindagi g'alati gol... Oxirgi vaqtlarda hakamlar "Olimpik" ishtirokidagi o'yinlarda boshqacha kayfiyatda ishlayotgandek...

- Bilmadim, ehtimol, bizni sinashayotgandir. Nafaqat "Olimpik", balki terma jamoa o'yinida ham shunday bo'ldi. O'tgan turda ham ikkinchi penaltini bermagandek tuyulishdi, "Bunyodkor"ning goli qo'lga tekkach urildi. Bilmadim... Bu jamoa faqat menga kerak emas, bu mening loyiham emas. Nimaga tayyorgarlik ko'rayotganimizni hammamiz bilamiz. Rahbariyatga ham, hakamlarga ham bizga yordam emas, halollik kerakligini takidladim. Bizga ruhiy zarbalarning hech keragi yo'q, chunki biz mehnat qilyapmiz. Hakamlar ishimizga soya solishyapti. Menimcha, rahbariyat ham bu narsani ko'rib chiqishi kerak, chunki bu jamoa faqat mengagina kerak emas. Men jamoa bilan ishlashdan ko'ra hakamlar bilan bog'liq holatlarni deb ko'proq siqilyapman, ko'proq asabiylashyapman. Men yigitlarning qanday mehnat qilishayotganini ko'ryapman... Bizga hakamlardan hech qanday yordam kerak emas, halollik kerak. Hakam neytral bo'lsa, to'g'ri hakamlik qilsagina futbolimiz o'sadi. Albatta, kamchilik va xatolar uchrab turadi. Buni VAR to'g'rilashi kerak, lekin u ham ayrim vaziyatlarda buni to'g'rilagani yo'q. Mayli, bo'lgan ish bo'ldi. Iltimosim, bizga ruhiy zarba kerak emas. Hakamlik qancha yaxshi bo'lsa, shunda futbol ham yaxshi bo'ladi. Futbol rivoji hakamlar bilan chambarchas bog'liq. Osiyo CHempionlar Ligasini ko'ryapmiz, menimcha, u erda yaxshi darajada hakamlik qilinyapti. Biz ham shu darajaga chiqishimiz kerak. Boshqa yo'l yo'q. Yaxshi hakamlar ko'p, lekin yanada yaxshi darajaga chiqishimiz lozim.



- Abdurauf Bo'riev to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bilamizki, u maydon markazida o'yinni boshqaradigan futbolchi hisoblanadi. Endi u 2 ta o'yinda maydonga tusha olmaydi. Keyingi o'yinlarda jamoangizga qiyin bo'ladi. Jamoangiz qizil kartochka yuzasidan protest berishi mumkinmi? 

- Endi buni ko'rib chiqish kerak. Qanchalik darajada qizil kartochkaga tortdi yoki yo'q. To'g'ri, tekkan bo'lishi mumkin, lekin qaysi darajada, shu inobatga olinishi lozim. Sakraganda, qarama-qarshi holatda va tezlikda urilib jarohat olish kabi holatlar bor. Ko'ramiz, ko'rib chiqamiz. Bu – futbol. Bir o'yinchiga qarab qolmaslik va boshqalarga imkon berish kerak. Albatta, Bo'riev o'ynasa yaxshi, ammo u bo'lmasa, boshqalarga tayanamiz.

- Ikkinchi davra boshida "Nasaf"dan jalb etilgan SHahzod Akramov va Javohir O'tamurodov dastlab asosiy tarkibda o'ynadi, lekin oxirgi paytda ular asosan zaxirada qolib ketishmoqda. Ular "Olimpik" darajasiga mos kelmadimi yoki jismonan tayyor emasmi?

- Ularga etarlicha imkon berildi. Biroq ayrim kamchiliklari ko'zga tashlandi, shu bois ulardan kuchliroq o'yinchilarni sinab ko'ryapmiz. O'ylaymanki, ularda hali imkon bor. Akramov zaxiradan bo'lsa ham maydonga tushyapti, bu imkoniyatlardan foydalansa yaxshi bo'ladi. O'tamurodovga kelsak, markaziy himoya chizig'i sal nozik nuqta. Ularni tez-tez almashtirish qiyin, kirishib ketish murakkab.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика