So’nggi yangiliklar

18:35CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  5 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  4 18:29"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  29 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  14 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  3 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  9 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  7 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  4 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  4 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  7 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  7 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  4 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  6 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  8

Timur Kapadze: "Abdumannonov poziciyasida undan yaxshiroq futbolchilar bor" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Abdumannonov poziciyasida undan yaxshiroq futbolchilar bor"

O'zbekiston hamda Mali olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi (1:2) o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa ustozi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Mag'lub bo'lganimiz kayfiyatga biroz tasir qildi. Umuman olganda foydali bahs bo'ldi deb o'ylayman. CHunki Mali yaxshi "sparring" raqib bo'la oldi. Yaxshi harakat qildik, ko'proq hujum yushtirishga urindik. Bugungi o'yinda biz ham yutib ketishimiz mumkin edi. Biz qo'yib yuborgan ikkita golda ham himoyachilarning xatosi bor. Bu bahsdan to'g'ri xulosa chiqaramiz.

- Bu ikki o'yinda rejalaringiz amalga oshdimi?

- Rejalar uchun barcha futbolchilar kerak bo'ladi. Katta terma jamoa safida futbolchilarimiz bor. Ularga ham imkon berib ko'rishimiz kerak. Ammo hozirgi tarkibdagilarning barchasiga imkon berdim. Bu o'yin bizga tahlil uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi.

- Eldor SHomurodovni Parijdagi Olimpiadada ko'ramizmi?

- Buni ehtimoli bor. Futbolchilar bilan gaplashdim, ularda ham xohish mavjud. Franciyaga faqat 18 futbolchi ketadi. Qaysi poziciyaga kimdir kerak bo'lsa, albatta imkoniyatdan foydalanamiz.

- Ibrohim Ibragimov maydonga tushishi kerak edi, nega u asabiylashib, zaxiraga qaytdi?

- U Jasur Jaloliddinov o'rniga maydonga tushishi kerak edi. Jasur esa qizil kartochka olib, rejalarni o'zgartirib yubordi, shunga jahli chiqdi.

- Xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida mahalliy emas, chetdan hakamlar chaqirish to'g'ri bo'lmasmidi?

- Qilsa bo'lardi. Ammo bizning hakamlarimiz ham yaxshi darajada. Ular FIFA referisi hisoblanishadi. To'g'ri, bugungi bahsda ikkala jamoada ham hakamga savollar ko'p bo'ldi.

- Jasur Jaloliddinov judayam agressiv o'ynadi. O'rtoqlik o'yini bo'lgani tufayli hakam uni ayadi. Bunday harakatlar rasmiy o'yinlarda terma jamoaga pand berib qo'yishi mumkin...

- Jasur aqlli bola. Jaloliddinov bunday ishlarni qachon qilish kerakligini yaxshi biladi. Unga hakamning qarorlari yoqmagandir... Asosiysi bu bahs bizga foydali bo'ldi. O'rtoqlik o'yinidan to'g'ri xulosa chiqarsak, hammasi joyida bo'ladi.

- Parij-2024 guruhidagi raqiblar haqida fikringiz qanday?

- Guruhdagi raqiblar kuchli, biz Misr bilan o'ynaganmiz, Ispaniya ham mag'lub etib bo'lmaydigan raqib emas. Harakat qilamiz.

- Ayni damda Superliganing eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib turgan Bektemir Abdumannonovni nega jamoaga taklif qilmaysiz?

- Bektemirni siz yaqindan taniy boshlagan bo'lsangiz kerak, men uni anchadan beri bilaman. 2 yil davomida birga ishladik, keyin u "Metallurg"ga o'tdi. Hozir u "Andijon"da o'zini ko'rsatyapti. Bugungi kunda uning poziciyasida yaxshiroq futbolchilar bor.

- Abdumannonov gol+pas tizimida 8 ochko ishlab qo'ydi...

- U standartlarni yaxshi ijro etadi. Yaqinda "Andijon"ga qarshi o'ynadik va uni ko'rib, kerakli xulosalar chiqardik. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam, uni yaxshi bilaman.

- Maliga qarshi bahsda Jaloliddinov burchak bayroqchasini adashib tepib yubordi, siz esa kuldingiz...

- "Bayroqchani tinch qo'y" deb kulishdik. SHoshib qoldi shekilli. Bugun Jasur qiyiin ahvolga solib qo'ydi.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика