Timur Hakimov: "Parma"ga qarshi o'yinda g'alaba juda muhim"
04 fev 2014 13:07
Yangiliklar

Timur Hakimov: "Parma"ga qarshi o'yinda g'alaba juda muhim"
Italiyada 1948 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan “Koppa Karnavale” kubogi start oldi.
Bugun O'zbekiston sharafini himoya qiluvchi "Paxtakor" klubi musobaqadagi ilk o'yinni mezbon klublardan biri "Parma"ga qarshi o'tkazadi.
Biz jamoa hujumchisi Timur Hakimov bilan bog'lanib, uning fikrlari bilan qiziqdik.
"Italiyaga eson-omon etib keldik. Delegaciyamiz Viarejjiodagi "Caribe" mehmonxonasiga joylashdi. Ob-havo ajoyib, 15 daraja issiq. Kecha birinchi mashg'ulotni o'tkazdik. Barcha yigitlar soppa-sog'. Mashg'ulotda standart vaziyatlarga ko'proq etibor qaratdik. Musobaqadagi ilk o'yinda g'alaba qozonish juda muhim. SHu bois ham "Parma"ga qarshi bahsda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - deydi Timur Hakimov "SA"ga bergan intervyusida.
Yosh "sherlar" 6 fevralda "Kavanis" suniy maydonida "Desportivo"ga qarshi o'ynashadi. Guruhdagi so'nggi bahs 8 fevral kuni "Ferdegini" stadionida "Speciya"ga qarshi o'tkaziladi.

Fikrlar