Timoshuk va Srna PRO licenziyasiga ega bo'lishdi
11 fev 2017 01:34
Yangiliklar
Timoshuk va Srna PRO licenziyasiga ega bo'lishdi
Kievda UEFAning murabbiylar uchun PRO o'quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga diplomlar topshirildi.
Ushbu marosimda 25 nafar tinglovchi o'z diplomlarini qo'lga kiritishdi.
Yuqori toifali licenziya egalari orasida Anatoliy Timoshuk, Dario Srna, Igor dulyay, Mariush Levandovski, Milan Obradovich, Roman Sanjar, Aleksandr Babich, Vladimir Mazyar, Valeriy Krivencov, Andrey Demchenko, Dennis Lyukens va boshqalar bor.
Takidlab o'tamiz, Timoshuk, Srna va Dulyay ushbu marosimda ishtirok eta olishmadi.
Fikrlar