So’nggi yangiliklar

15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  7 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20

Timati Black Star Sport futbol agentligi dastlabki ikki futbolchini tanishtirdi Yangiliklar

Timati Black Star Sport futbol agentligi dastlabki ikki futbolchini tanishtirdi

Teglar :  Black Star Sport
Bugun "Strogino" futbol klubining ikki futbolchisi Akim Ustinov va Vaxtang Nebierizdze Black Star Sport agentligi bilan shartnoma tuzdi.

Tadbirda Black Star Inc. kompaniyasining tasischilari Pavel Kuryanov va Valter Lerusse, Black Star Sport bosh direktori Yuriy SHtromberger va Moskva futbol federaciyasi prezidenti Sergey Anoxin ishtirok etishdi.

Black Star kompaniyasi tasischisi Pavel Kuryanov agentlikning rejalari hamda istiqbolli yosh futbolchilar haqida gapirdi.

"Bugun biz ilk ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladik, ammo ish boshlaganimizga yarim yildan ko'proq vaqt bo'ldi. Bugun "Instagram"dagi sahifamiz ochiladi. Endi o'z ishimiz va agentlikning rivojlanishi haqida doimo xabar berib turamiz. Yaqin vaqt ichida yana bir futbolchi bilan shartnoma tuzishimiz kerak. Yosh va istiqbollik futbolchilarga ko'proq etibor qaratamiz, biroq hammani ko'zdan kechiramiz. Biz amaldagi sportchi yoki ko'chadagi yigit bilan bitim tuzishimiz mumkin.

Yangi futbolchilarimiz murabbiylar, psixologlar, dietolog va turli chet ellik mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Yigitlar Evropaning turli klublarida shug'ullanishi va o'zining mahoratini oshirishi mumkin bo'ladi. Futbolchilarimiz bilan hech qanday mojaro bo'lmaydi va bo'lishi ham mumkin emas. Futbol maydonidagi muvaffaqiyatdan tashqari, biz ularning shaxsiy hayoti va o'zini tutishini kuzatib boramiz. Futbolchi futbolchiligicha qolishi kerak" - deydi Kuryanov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика