Tilemans "Lester"dan ketayotganini elon qildi
01 iyu 2023 10:41
Yangiliklar
Tilemans "Lester"dan ketayotganini elon qildi
Yarim himoyachiga "Barselona" va "Arsenal" klublari qiziqayotgan edi.
Yuri Tilemans endi "Lester"da o'ynamaydi. Yarim himoyachi Instagram'da klub muxlislari, jamoadoshlari, murabbiylar va rahbariyatga minnatdorchilik bildirib, xayrlashdi.
Belgiyalik futbolchi CHempionshipga tushib qolgan jamoani erkin agent sifatida tark etmoqda.
Oldinroq "Arsenal" va "Barselona" Tilemansni safiga qo'shib olmoqchi ekani xabar qilingandi. Insayder Fabricio Romanoning qayd etishicha, ayni damda futbolchi hech kim bilan kelishmagan.
Tilemans "Lester"dagi 4,5 mavsumi davomida APL 158 ta o'yinida qatnashib, 21 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar