Tilemans "Lester" bilan yangi shartnoma imzolashni rad etdi
12 fev 2022 11:20
Yangiliklar
Tilemans "Lester" bilan yangi shartnoma imzolashni rad etdi
Yarim himoyachi Yuri Tilemans "Lester"ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 24 yoshli o'yinchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
"Lester" Tilemans bilan 2019 yilning yanvarida shartnoma imzolagan edi. O'yinchi o'shanda "Monako"dan yarim yillik ijara asosida o'tgandi. Keyin ingliz klubi yozda belgiyalikni 45 mln evro evaziga xarid qildi.
Tilemans joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar