Tilemans: "Angliya Kubogi finalida g'alaba golini urganimdan xursandman"
16 may 2021 12:12
Yangiliklar
Tilemans: "Angliya Kubogi finalida g'alaba golini urganimdan xursandman"
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans Angliya Kubogi finali doirasida "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Ajoyib, juda ham ajoyib! Gol urib, jamoamning g'alabasiga munosib hissa qo'shganimdan xursandman.
Haqiqatdan ham juda bosimga boy bo'layotgan o'yinda, finalda, shunday ajoyib jamoaga, shunday chiroyli gol urganimdan quvonyapman! Muxlislar va jamoa uchun xursandman.
O'yin oldidan ko'plab xabarlar oldim va ularning birida yuqori burchakka kuchli zarba berishimni so'rashgandi. Buni uddaladim!", - dedi Tilemans.
Fikrlar