Tiago Bezerra: "Har bir yashayotgan kunimiz uchun Yaratganga rahmat aytishimiz lozim"
19 fev 2018 11:21
Yangiliklar


Tiago Bezerra: "Har bir yashayotgan kunimiz uchun Yaratganga rahmat aytishimiz lozim"
"Paxtakor"ning braziliyalik legioneri jamoaning mavsumga tayyorgarligi to'g'risida fikrlarini bildirdi.
- Yig'in juda yaxshi o'tmoqda. Mavsumga hozirlikni mashg'ulotlar va uchrashuvlar yordamida o'tkazyapmiz. CHempionat boshlanishiga yana ikki hafta qoldi. Oxirgi bellashuvda taktik jihatlar ustida ishladik va unda g'alaba qozondik.
Tug'ilgan kunimda o'ynaganim? Har bir yashayotgan kunimiz uchun Yaratganga rahmat aytishimiz lozim. Biz uchun o'ynash har doim ajoyib voqea, - deb aytdi Tiago.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar