Tiago Bezerra "Paxtakor" muxlislaridan o'tgan yilgi sovrinlarini qabul qilib oldi

Narzulla Saydullayev
22 apr 2019
"Paxtakor" klubining sobiq hujumchisi Tiago Bezerra bugungi kunda Qatarda faoliyat olib bormoqda.

Bezerra bugun o'z o'g'li bilan ayni paytda Doxada bo'lib turgan "Paxtakor" klubi muxlislari yashayotgan mehmonxonaga keldi.

Braziliyalik futbolchi o'tgan yil PFL talqiniga ko'ra yilning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan. Chempionatimizning eng yaxshi to'purariga aylangan va Yil ramziy terma jamoasi a'zosiga aylangan edi.

"Paxtakor" muxlislari Bezerraga mana shu sovrinlarni topshirishdi. Futbolchi o'zbekistonlik barcha futbol muxlislariga salom yo'lladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia