So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

"The normal one". Barchasi Yurgen Klopp haqida Yangiliklar

"The normal one". Barchasi Yurgen Klopp haqida

Yurgen baqiroq murabbiy, ammo samimiy inson.

Bugun biz siz bilan hozirda murabbiylik faoliyatining cho'qqisida turgan, dunyo futbolida porlayotgan nemis haqida gaplashamiz. 

Tarjimai hol

Germaniyalik futbolchi va Angliyaning "Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Maync" klubidagi faoliyati tufayli tan olingan. Mehnatsevarlik va tirishqoqlik Yurgenga yuqori cho'qqilarni zabt etishga imkon bergan.  

Yurgen Norbert Klopp 1967 yil 16 iyunda Germaniyaning SHtutgart shahrida tug'ilgan. Otasi Norbert Kloppning avvalroq, dunyoga kelgan ikki qizi bor edi, lekin u o'g'il ko'rishni xohlardi. Yurgen tug'ilganda otasining quvonchi cheksiz edi. Yurgen bolaligining ko'p qismini Glattenda o'tkazgan. SHunday bo'lsa-da, u "SHtutgart" klubining muxlisi bo'lib qoldi: bolaning sevimli o'yinchisi - markaziy himoyachi, afsonaviy Karl-Xaync Fyorster edi. Klopp tan olganidek, insonning ishga bo'lgan munosabati u uchun muhimdir.

Yurgen haqli ravishda futbolchi bo'lgan deb hisoblanadi: chunki, yoshligida otasi umidli darvozabon edi. Norbert hatto "Kayzerslautern"da ko'rikdan o'tgan. U o'zi erishmagan natijaga o'z bolasi etishishini yani bolakayni professional futbolchi qilishni istagan.

Yosh Yurgen qishda chang'ida uchgan, yozda otasi bilan tennis o'ynagan. Qolgan vaqtini esa futbolga bag'ishlagan: bu bo'yicha yigitga hech qanday imtiyoz berilmadi. Futbol maydonida va kortda otasi o'g'liga qaraganda tezroq va chaqqonroq edi. Bunday hol bolaning fel-atvorini yumshatdi va rivojlanishi uchun qo'shimcha turtki berdi.

Yurgen tarjimai holi unchalik "silliq" emasligini tan oladi: otasi unga "shafqatsiz" munosabatda bo'lgan. Uning so'zlariga ko'ra, otasi bilan chang'ida uchganida Yurgen oldida faqat qizil nuqta ko'rgan. Norbert, o'g'lining boshlang'ich bilimdaligidan boxabar bo'lsa-da, bunga ahamiyat qaratmagan. CHunki, ota Yurgenning hamma narsada mukammal bo'lishini xohlardi.

Futbol

Yurgenning faoliyati o'ziga xos tarzda boshlangan. Quyi divizionlar Kloppning normal hayotini to'liq taminlay olmadi, shuning uchun yigit qo'shimcha pul topishga majbur bo'ldi. Yurgen do'konda yuk tashuvchi bo'lib ishlagan. 23 yoshda Yurgen o'zining birinchi professional shartnomasiga imzo chekkan. 

Klopp "Rot-Vayss" - "Maync" o'rtasidagi pley-off bahsida kashf etilgan. O'sha paytlarda "Maync" hech qachon elit divizionga chiqmagan. Asosiy maqsad ikkinchi Bundesligada o'z o'rnini saqlab qolish edi, o'shandagina futbolchilar maosh olishardi. Yurgen ushbu klubga hujumchi sifatida kelgan, ammo 1995 yilda u nihoyat o'zini himoyachi sifatida namoyon qilgan. U texnik jihatdan yaxshi edi, o'yini ham tajovuzkor, ammo qo'pol emasdi. Klopp "Maync"ning boshqalardan ajralib turadigan etakchi o'yinchisi hisoblanardi. Yurgenning murabbiylik faoliyati aynan shu klubda boshlangan. 

Sobiq futbolchi Yurgen Frankfurt o'quv yurtini tamomlagan va u erda "sport olimi" sifatida tahsil olgan. Keyinchalik, Kyoln institutida o'qib, professional murabbiy licenziyasiga ega bo'lgan.

Jurnalistlar va jamoa azolari Yurgenni murabbiy sifatida darhol qabul qilishmadi. Matbuot anjumanida bazilar buni "hiyla" va yolg'on deb o'ylagandi. 

Jamoada esa uning murabbiy bo'lishiga hech kim qarshi chiqmadi va u bosh murabbiy deb elon qilindi.  Klopp bilan bo'lib o'tgan jamoaning birinchi mashg'uloti "Maync" sport direktori Kristian Xaydelni hayratda qoldirdi. Uning so'zlariga ko'ra, Klopp butsalarini kiyib, maydonga chiqishga tayyor edi.

2005-2008 yillarda Klopp murabbiylik faoliyatini futbol dasturlari bo'yicha mutaxassis sifatida olib bordi. Yurgen elektron "taktik jadval" bilan ko'p ishladi, o'yin "sahnalar"i, xavfli hujumlar yoki gol o'tkazib yuborilgan vaziyatlarni o'rgandi, xatolarni aniqladi va tahlil qilib chiqdi. 

Yurgenning faoliyatidagi navbatdagi klub - bu Dortmundning "Borussiya"sidir, bu o'z vaqtida, eng maqbul vaqtda amalga oshgan. O'shanda klub "jar yoqasi"da qolganini va klub bankrot bo'lishga oz qolganini muxlislar yaxshi eslashadi. Hozir esa Dortmund uchun 3-o'rindan past bo'lgan har qanday pog'ona "halokat"ga olib kelishi mumkin.

"Borussiya" jamoasining falsafasi  yosh futbolchilar atrofida yangi klub qurishga qaratildi. Aynan o'sha lahzada Yurgen "Macnc"dan ketgandi va "yangi chiqib kelayotgan yulduz" deb hisoblanardi. Klopp "Borussiya" bosh murabbiyi bo'lganida, klub 13-o'rinni egallab turgandi. Keyingi mavsumda Dortmundliklar 6-o'rinni olishdi, 2010/2011 va 2011/2012 yilgi mavsumda jamoa Germaniya chempioniga aylangan.

2013 yilda Yurgen hakamga tom manoda hujum qilganligi sababli qizil kartochka oldi. Hakamga qarab baqirgan murabbiyning videosi butun Internet bo'ylab tarqalgandi.

2013/2014 yilgi mavsum boshida Klopp "Borussiya" bilan shartnomasini 2018 yil yozigacha uzaytirdi. Ammo jamoaning natijalari yomonlashgani sababli 2015 yil aprel oyida Klopp "Borussiya"dan ketayotgani malum bo'ldi.

Yurgen Angliyaning "Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallab, 2015 yil kuzida murabbiy sifatida ishga qaytdi. 

U dastlabki matbuot anjumanida o'zini “The normal one” deb atagan va hammani kuldirgan (esingizda bo'lsa, 2004 yilda “CHelsi” bosh murabbiyiga aylangan Mourinyu o'shanda o'zini “The special one” deb aytgandi).   2015/2016 yilgi mavsumda "Liverpul" klubi Angliya Liga kubogi finaliga qadar etib bordi, ammo penaltilar seriyasida "Manchester Siti"ga yutqazib qo'ydi. Keyingi mavsumda "Liverpul" 4-o'rinni egalladi, bu esa UEFA CHempionlar Ligasining 2017/2018 yilgi mavsumida o'ynashga imkon berdi.

SHahsiy hayoti

Kloppning shaxsiy hayoti har doim matbuotni qiziqtirib kelgan. U 2 marta uylangan. Birinchi xotini - Sabina, ularning Mark ismli 1988 yil 13 dekabrda tug'ilgan farzandlari bor. Mark otasining izidan borib, futbolchi bo'ldi, ammo bugun futbolchilik faoliyatini allaqachon yakunlagan.

2005 yilda Yurgen ikkinchi marta uylandi. Rafiqasi - Ulla Sandrok. Ijtimoiy ishchi, o'qituvchi va yozuvchi. Ular Oktoberfestda uchrashib qolishgan, o'sha paytda Ulla barlardan birida ishlardi. Yurgen barga bir bokal pivo ichish uchun kirgan, u erdan esa maftunkor ayol bilan birga chiqib ketgan. Bir necha oy ichida ular er-xotiga aylanishdi. Yurgen va Ullaning farzandlari yo'q, shuning uchun oila ikki kishidan iborat.

Yurgen Klopp hozir

Endilikda ham Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqda. Ko'plab klublar Yurgenga qiziqishadi, ammo ingliz jamoasi murabbiyni qo'yib yuborishni aslo istamaydi.

Malumot uchun, Yurgenning bo'yi – 193 sm, og'irligi – 83 kg atrofida. Laqabi – Kloppo, u nemis millatiga mansub.

Jamoaviy yutuqlari


"Borussiya Dortmund":

Germaniya chempioni: 2010/11, 2011/12

Vice-chempion: 2012/13, 2013/14

Germaniya kubogi g'olibi: 2011/12

Germaniya kubogi finalchisi: 2013/14, 2014/15

Germaniya superkubogi sohibi: 2013, 2014 

Germaniya superkubogi finalchisi: 2011, 2012

UEFA CHempionlar Ligasi finalchisi: 2012/13


"Liverpul":

UEFA Evropa Ligasi finalchisi: 2015/16

Liga kubogi finalchisi: 2015/16

Vice-chempion: 2018/19

UEFA CHempionlar Ligasi finalchisi: 2017/18

UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi: 2018/19

UEFA superkubogi g'olibi: 2019

Klublar o'rtasida JCH chempioni: 2019


SHaxsiy yutuqlari:

Yilning eng yaxshi sport mutaxassisi (HERBERT-Award): 2007, 2009, 2011

Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2011, 2012

Angliyada oy murabbiyi: 2016 yil sentyabr

Yil murabbiyi: 2019


SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика