"The Best-2020". Yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
17 dek 2020 23:35
Yangiliklar


"The Best-2020". Yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
FIFA tomonidan onlayn tarzda yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o'tkazilmoqda.
Navbatdagi nominaciya, yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun Xans-Diter Flik ("Bavariya") va Yurgen Klopp ("Liverpul"), argentinalik Marselo Belsa ("Lids") kurash olib bordi.
So'rovnoma natijalariga ko'ra, g'oliblik Kloppga nasib etdi. Germaniyalik mutaxassis 2019 yil ham ushbu nomga loyiq ko'rilgandi. Mersisaydliklar uning qo'l ostida o'tgan mavsum APLda zafar quchib, uzoq yil kutilgan chempionlikni qo'lga kiritgandi. SHuningdek, jamoa Angliya Superkubogi-2020'da ham zafar quchdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar