Tezkor xabar: "Al Hilol" ishtirokidagi bahs bekor qilindi
23 sen 2020 23:13
Yangiliklar


Tezkor xabar: "Al Hilol" ishtirokidagi bahs bekor qilindi
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi so'nggi turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "SHabab Al Ahli" bellashuvi o'tkazilishi lozim edi.
O'yin bo'lish-bo'lmasligi so'nggi daqiqalarga qadar so'roq ostida turdi. Lekin yakunda uchrashuv bosh hakami o'yinni bekor qilishni lozim topdi.
Reglamentga muvofiq zaxirada kamida ikki nafar futbolchi bo'lsagina o'yinni o'tkazish mumkin bo'ladi. "Al Hilol" bugungi bahs uchun 11 nafar asosiy tarkibni topdi, biroq zaxirada hech kim qolmadi.
Saudiyaliklar hatto ikki futbolchini zaxiraga olib bahsni 9 futbolchi bilan boshlashni maqul ko'rishdi. Lekin uchrashuv hakami bunga ruxsat bermadi va natijada uchrashuv bekor qilindi.
Endi bu borada OFK qarorini kutamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar