So’nggi yangiliklar

09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  2 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  5 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  12 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  7 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  6 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  16 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  11 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  12 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0

"Tezkor studiya" jonli efirida Maksim SHackix va Vitaliy Denisov! Yangiliklar

"Tezkor studiya" jonli efirida Maksim SHackix va Vitaliy Denisov!

Saytimizning "YouTube"dagi "Tezkor studiya" dasturida bugun o'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi namoyondalari, Evropa mintaqasida, xususan Rossiya va Ukraina chempionatida muvaffaqiyatli harakat qilgan Maksim SHackix va Vitaliy Denisov mehmon bo'lishi rejalashtirilgan.

O'zbek futbolidagi minglab muxlislarning yoqimtoy futbolchilari sanalgan Vitaliy Denisov hamda Maksim SHackix "Tezkor studiya"da mehmon sifatida ishtirok etib, ko'plab mavzularda suhbat qurishadi.

SHackix va Denisov ishtirokidagi "Tezkor studiya"ning bugungi soni kechki soatlarda bo'lishi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda Rossiyada faoliyat ko'rsatayotgan bu ikki nafar hamyurtimiz bugungi Rossiya Futbol Ittifoqida o'tkaziladigan Rossiya premer ligasining karantin davrida tiklash bo'yicha yig'ilishidan so'ng efirga qo'shilishni rejalashtirishgan. SHuningdek, "Tezkor studiya"da SHackix va Denisovdan tashqari kutilmagan mehmonlar paydo bo'lishi ehtimoli ham mavjud.

Qiziqarli o'tishi kutilayotgan mazkur dasturni jonli efirda tomosha qilish va o'z suyuklilariga savol yo'llashni istagan ishqibozlar "YouTube"da "Championat.asia" sahifasiga obuna bo'lishi va sahifa oldidagi qo'ng'iroqchani bosishi talab etiladi. Bu orqali sizning telefon yoki planshet ilovangizga jonli efir boshlanishi haqida xabar keladi. Maksim SHackix va Vitaliy Denisovga jonli efirda yo'llanadigan qiziqarli savollar qahramonlarimizga o'qib eshittiriladi.

"Tezkor studiya"ning bugungi qiziqarli dasturini o'tkazib yubormang va "YouTube"dagi sahifamizga obuna bo'ling!

Malumot uchun, bugungi "Tezkor studiya" qahramonlari Maksim SHackix ayni paytda "Rotor"da bosh murabbiy Aleksandr Xackevichga assistent sifatida yordam berayotgan bo'lsa, Vitaliy Denisov futbolchilik faoliyatini ushbu jamoada sobiq jamoadoshi oldida davom ettirmoqda.

Jonli efir 21:00da boshlanadi!


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика