Tezkor! Evropa ligasidagi uchrashuv maydonga tushgan dron oqibatida to'xtatildi. Unda mehmon jamoani tahqirlovchi so'zlar bor edi
04 okt 2019 01:01
Yangiliklar


Tezkor! Evropa ligasidagi uchrashuv maydonga tushgan dron oqibatida to'xtatildi. Unda mehmon jamoani tahqirlovchi so'zlar bor edi
Ayni damda Evropa ligasining 2-turi doirasidagi "Dyudelanj" - "Qorabog'" uchrashuvi o'tkazilayotgan edi.
Uchrashuv bir qancha vaqt davomida to'xtatib qo'yildi. Mehmonlar ikkinchi golni urganidan keyin maydonga dron uchib keldi va unda "Tog'li-Qorabog' Respublikasi" deb yozilgandi.
Aslida Tog'li-Qorabog' bu tan olinmagan davlat hisoblanadi. "Qorabog'" jamoasi esa Ozarbayjon sharafini himoya qiladi. SHu boisdan futbolchilar o'yinni davom ettirishni istashmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar