Tez orada O'FA hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tadi
13 iyu 2019 18:23
Yangiliklar


Tez orada O'FA hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tadi
O'FA matbuot xizmatining bizga malum qilishicha, tez orada hisobot-saylov konferenciyasi o'tkaziladi.
Unda O'FA birinchi vice-prezidenti lavozimiga nomzod saylanadi. Xabaringiz bor, bugun Umid Ahmadjonov O'FA birinchi vice-prezidentligidan ketish haqida ariza yozgandi.
Hisobot-saylov konferenciyasida dastlab Ahmadjonovning arizasi ko'rib chiqiladi va yangi nomzod delegatlar tomonidan saylanadi. Bu haqda bizga O'FA matbuot xizmati malum qildi.
Nomzodlar borasida O'FA matbuot xizmati axborot bermadi.
Bizga malum bo'lishicha nomzodlar orasida asosiy davogar FIFA hakami Ravshan Ermatov hisoblanadi. Yana bir nomzod sifatida sobiq murabbiy Rustam Abdullaev aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar