So’nggi yangiliklar

13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  0 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  2 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  6 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  4 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  20 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  8 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  18 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  37

Tez orada mamlakatning barcha stadionlari muxlislar uchun ochiq bo'ladi Yangiliklar

Tez orada mamlakatning barcha stadionlari muxlislar uchun ochiq bo'ladi

Teglar :  StadionlarSuperliga
“Kamp Nou”, “Santyago Bernabeu” kabi stadionlar faoliyati bilan tanishib, lol qolgandim.

Bu stadion egalarida marketing shu darajada yaxshi ishlaydiki, arenalarga tashrif buyurayotgan futbol muxlislaridan kelib tushadigan daromadning o'ziyoq akademiyalar xarajati uchun etib berishi mumkin.

Bizda esa aksincha, muxlislarni stadionlardan uzoqroqda ushlash uchun barcha “ish qilingan”. Istalgan futbol arenasini ko'z oldingizga keltiring, futbol uchrashuvlari yo'q vaqtda ularning darvozalarida qulf bo'ladi. Futbol o'yini vaqtida esa qulf o'rnida tartib posbonlari paydo bo'ladi. Maydon ancha ichkarida, tashqi tomon esa baland panjaralar bilan to'sib olingan. Mana endi savol, shu ahvoldan keyin muxlislarni stadionlarga qanday qilib yaqinlashtirish mumkin?

O'FA hamda PFL endi bunday to'siqlarga qarshi kurashadi. Muxlislarni stadionlarga qaytarish uchun faqatgina futbol o'yini bor vaqtni hisobga olishning o'zi noto'g'ri. Stadionlarga muxlislar qaytishi yo'lida tashkilot xodimlari tinimsiz mehnat qilyapti. Afsuski, bazi klublar uchun muxlislar soni u qadar qiziq emas, marketing tizimi umuman ishlamaydi. O'z navbatida O'FA ham ularga boshqa usulda javob beradi, ishlashni xohlamang har qanday xodimga chiqish eshiklari ko'rsatib qo'yiladi. CHunki biz futboldan bo'sh kunlarda ham odamlarning stadionga yaqin bo'lishi ustida bosh qotirmoqdamiz.


Bu yo'lda dastlabki qadamlar tashlandi. Bog'cha tarbiyalanuvchilari, maktab o'quvchilari hamda poytaxt mehmonlarining stadionlarga ekskursiyasi boshlandi hisob. O'FA tez orada maktabgacha talim muassasalari bolalari uchun bepul avtobuslar tashkil qilib, ularning stadionlarga sayohatlarini uyushtirib berishni rejalashtirgan. Bunday ishlar havo iliq bo'lgan istalgan kunda tashkil etiladi. Yani, futbolga, stadionga mehr bog'chadan boshlanishi uchun harakat qilinadi. Bu yo'lda Maktabgacha talim vazirligi bilan kelishuv amalda bo'ladi.  

To'g'ri, stadionlardagi muzeylar, aylanish uchun xonalar hozircha ancha qashshoq. Biroq yashil maydon atrofida diqqatga sazovor joylar baribir topiladi. Jurnalistlarning matbuot anjumanlari zali, sharhlovchilar xonasi, futbolchilarning echinib-kiyinish xonalari, uqalash xonalari, hakamlar xonasi, VIP xonalar, SIP sektorlar, klub ishchilari joy olgan ofisning tashqi ko'rinishi, stadionlardagi ovqatlanish xonalari ko'pchilik uchun qiziq.


Ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa, 4—5 yil ichida o'sha muzeylar ham ancha faollashib qoladi. Stadion ichida turli eguliklar, shirinliklar, ichimliklar sotadigan nuqtalar ish boshlaydi. Esdalik uchun suratga tushish tizimi tashkil qilinadi. Istovchilar uchun futbol suvinerlari taklif qilinadi. Markaziy Osiyodagi, Osiyodagi, Evropadagi va jahondagi mashhur arenalarning kichik ko'rinishlari tomosha uchun qo'yiladi.  

Ha, aytgancha, “Bunyodkor” stadioni tez orada yangi nom oladi. Qolgan stadionlarga o'rnak sifatida mana shu arenaga muxlislarni jalb qilish ishlari boshlanadi. Stadion atrofidagi bir qator panjaralarni olib tashlash ko'zda tutilgan. Ularning o'rnida aholi uchun xizmat ko'rsatadigan obektlar qad rostlaydi. Faqatgina futbol uchrashuvlari kunigina muxlislarning xavfsizligidan kelib chiqib, stadionga kirib-chiqish shartlari biroz o'zgaradi, ammo xizmat ko'rsatish maskanlari to'liq ishlayveradi. Qolgan kunlarda esa istalgan kishi stadionga kelishi mumkin bo'ladi.  


Etibor qilayotgan bo'lsangiz, o'yin kunlari bolalar uchun turli-tuman ko'ngilochar tadbirlar, arg'imchoqlar, batutlar ishlab turibdi. Vaqti kelib ular doimiyga aylanadi. Farzandini shunchaki aylantirish uchun ko'chaga olib chiqqan onalardan tortib, velosiped uchishni xohlovchi yoshlar, toza havoda sayr qilishni istovchilargacha stadion atrofida bemalol ko'ngli yozishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko'rish rejaga kiritilgan.

Oldinda rejalar ko'p. Bu hozircha boshlanishi. Endi futbol faqatgina futbolchilar yoki klub rahbarlari uchungina bo'lmaydi. Endi ular faqat va faqat muxlislar uchun ishlashlari kerakligini tushunib etadi. Futbol va uning atrofidagi barcha ishlar muxlislar uchun tashkil etiladi. Har qanday holatda ham inson manfaatlari birinchi o'ringa olib chiqiladi.


SHu o'rinda futbol muxlislaridan ham bu kabi ishlarni qo'llab-quvvatlashni so'rardik. Xato hammada bo'ladi. Muhimi bitta xatoni qayta takrorlamaslik. Muxlislar o'zlarini tutishda, qoidalarga rioya qilishda o'rnak bo'la olishsa, ichki ishlar xodimlari ham, O'FA vakillari ham ularning ko'ngil yozishi yo'lida mehnat qilishga tayyor turadi.

Muallif :
Reyting: +81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика