Teves: "Umidsiz odamlarning ahvolidan xavotirdaman"
02 apr 2020 22:31
Yangiliklar


Teves: "Umidsiz odamlarning ahvolidan xavotirdaman"
Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Karlos Tevesning takidlashicha, koronavirus pandemiyasi paytida futbolchilar o'z maoshlarining kamaytirilishiga rozi bo'lishlari kerak.
"Futbolchi 6 oy yoki 1 yil maoshsiz yashashi mumkin. Biz moddiy ahvoli ko'ngildagidek bo'lmagan insonlar bilan tenglasha olmaymiz. Ular farzandlarini boqish uchun har kuni ertalab 6da ishga chiqib, kechki 7da uyga qaytishadi. Bunday vaziyatda ularga namuna bo'la olmaymiz. Ammo bizda kimligimizni isbotlash va o'zgalarga yordam qo'lini cho'zish imkoni bor. Bolalarim uchun ovqat borligini bilib, bu haqida gapirish men uchun juda ososn. Ammo men pandemiya paytida tirikchilik uchun uyini tark eta olmaydigan umidsiz odamlarning ahvolidan xavotirdaman", — dedi Teves "America TV" telekanaliga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar