Teves: "Messi ajoyib futbolchi va "Barselona" bilan o'yin juda qiziq bo'ladi"
14 may 2015 10:44
Yangiliklar


Teves: "Messi ajoyib futbolchi va "Barselona" bilan o'yin juda qiziq bo'ladi"
"Yuventus" hujumchisi Karlos Teves "Real"ga qarshi kechgan CHempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi (1:1) haqida o'z fikrini bildirdi.
Birinchi uchashuvda turinliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi..
"Jamoamiz ikkala uchrashuvda ham juda yaxshi harakat qildi va endi Berlinga yo'l olishimiz mumkin. "Yuventus" anchadan beri evrokuboklar finalida o'ynamagan va bu vazifani uddalish juda muhim ahamiyatga ega edi. Messi hozirda o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatyapti, shu sababli "Barselona"ga qarshi alo darajada tayyorlanish kerak. U ajoyib futbolchi va "Barselona" bilan o'yin juda qiziq bo'ladi" - deydi Teves.
CHempionlar ligasi finali 6 iyunda Berlinda bo'lib o'tadi.

Fikrlar