Teves “Boka Xuniors” bilan kelishuvni uzaytirdi
09 avg 2020 19:50
Yangiliklar


Teves “Boka Xuniors” bilan kelishuvni uzaytirdi
Argentinalik taniqli hujumchi Karlos Teves Buenos-Ayres shahri jamoasida faoliyatini davom ettiradi.
Bu haqda futbolchining agenti xabar bermoqda.
“Karlos yangi shartnomaga imzo chekdi, xeppi-end (baxtli yakun)”, deya yozgan o'z sahifasiga agent.
Norasmiy malumotlarga ko'ra, 36 yoshli argentinalik bilan kelishuv 2021 yilning yozigacha uzaytirilgan. Yakunlangan mavsum u Argentina chempionatida 17 o'yinda qatnashib, 9+2 natija ko'rsatgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar