So’nggi yangiliklar

20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  4 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0

Terri xayrlashuv xatini yozdi Yangiliklar

Terri xayrlashuv xatini yozdi

Teglar :  Jon Terri
Joriy mavsum oxirida "CHelsi"ni tark etadigan London klubi sardori va himoyachisi Jon Terri xayrlashuv xatini yozdi.

"Katta hayojon ila bu "CHelsi" futbolchisi sifatidagi so'nggi mavsumim ekanligini tasdiqlayman. Men va oilam uchun bu hayotimdagi muhim qaror bo'ldi. Yana o'ynay olishim mumkinligini his qilyapman, ammo "CHelsi"dagi vaqtim chegaralangan, shu sababli yangi chaqiruv vaqti keldi deb o'ylayman.

Otam, onam, akam, "CHelsi"ga orzuimni amalga oshirishda berilgan imkoniyat va qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiraman.

SHu bilan birga "CHelsi" egasi Roman Abramovichga ham rahmat aytmoqchiman. Biz, futbolchi, professional istaklarimizni amalga oshira oldik, "CHelsi" uchun esa yangi davr keldi. Klub jahondagi eng muvaffaqiyatlilardan biriga aylandi. SHu sababli Roman Abramovich, direktorlar kengashiga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

"CHelsi" - bu mening hayotim. Uzoq yillar davomida men bilan bo'lgan jamoadosh va murabbiylarimga rahmat aytaman. Ular bilan elkama-elka ishlash men uchun faxr bo'ldi.

Muxlislarga bo'lgan mehrim cheksiz. Ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashi doimo ajoyib bo'lgan. Sizlar hamma muvaffaqiyatimda muhim rol o'ynadingiz.

Futboldagi sayoxatim yakunlangani yo'q. Ammo mavsum oxirigacha "CHelsi"ga yordam berishga tayyorman. "CHelsi" sardori ekanligimdan faxrlanaman va bir kun kelib jamoaga boshqa vazifada qaytishga umid qilaman" - deydi Terri.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика