Terri: "Rays - o'z poziciyasida jahon futbolidagi eng yaxshi o'yinchi"
08 noy 2021 13:28
Yangiliklar


Terri: "Rays - o'z poziciyasida jahon futbolidagi eng yaxshi o'yinchi"
"CHelsi" sobiq himoyachisi Jon Terri "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Raysni APL 11-tur doirasidagi "Liverpul" (3:2)ga qarshi o'yinini baholadi.
"Deklan Rays - jahon futbolida o'z poziciyasidagi eng yaxshi o'yinchi. Qanday o'yinchi!", - deb yozdi Terri twitter'da.
22 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum London klubi tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
"Vest Xem" Angliya chempionatida 11 turdan so'ng 23 ochko jamg'ardi va jadvalda 3-o'rinda bormoqda. "Liverpul" esa 22 ochko bilan to'rtinchi o'ringa joylashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar