Terri qaytadi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 17:10
"Chelsi" va Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jon Terri faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirmoqchi.

37 yoshli ingliz o'tgan mavsum ushbu klub sharafini himoya qilib, futbol yili oxirida jamoani tark etgan edi. Ammo u bosh murabbiyi Stiv Bryus iltimosi bilan klubga qaytishi mumkin. Kelishuv 1 yilga mo'ljallangan.

Terri o'tgan mavsum "Aston Villa" safida Chempionshipning 35ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi va shuncha golli pas bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror