Terri: "CHelsi" men bilan shartnomani uzaytirmasa, boshqa jamoada o'ynamayman"
03 mar 2015 14:18
Yangiliklar


Terri: "CHelsi" men bilan shartnomani uzaytirmasa, boshqa jamoada o'ynamayman"
"CHelsi" himoyachisi Jon Terri agar klub unga yangi shartnoma taklif qilmasa, faoliyatini yakunlashi haqida takidladi.
34 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi mavsum oxirida yakuniga etadi.
"Men o'zim va oilam uchun, shu bilan birga ko'pchilik nohaq bo'lganligini isbotlash uchun kurashyapman. Yana qancha muddat to'p tepa olishimni bilmayman. Agar bu so'nggisi bo'lmasa, bir necha yil futbol o'ynashga umid qilyapman. Ammo bu oxirgisi bo'lsa, eshikni qattiq yopib ketishni afzal ko'raman. Agar "CHelsi" shartnomamni uzaytirishni istamasa, bu faoliyatimni yakunlash uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi.
Bir to'xtamga kela olmasligi qaysidir manoda menga yordam beradi. Xolat o'zgargan: bu yoshda 4-5 yillik shartnoma imzolay olmayman. Endi hammasi klub qo'lida va bu menga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi" - deydi Terri.

Fikrlar