So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  4 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  8 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Terri Anrining faoliyati iqtiboslarda Yangiliklar

Terri Anrining faoliyati iqtiboslarda

Terri Anri OAVda ish boshlashi uchun futbolchilik faoliyatini yakunlaganligi haqida malum qildi.


"Men tarixda iz qoldirishga qiziqaman. "Arsenal" - mening jannatim". Terri Anri

"Arsenal" mening qonimda va yuragimda. Kamina doimo sizlarni esalaydi, yigitlar. Men butun umr "to'pchi" bo'lmoqchiligimni aytgan edim va yolg'on gapirmaganman, chunki sen "to'pchi" bo'lsang, "to'pchi"ligingcha qolasan. Bu klub doimo qalbimda qoladi". Terri Anri, Londonni tark etayotib


"Terri Anri to'pni markazda qabul qilib, hech kimga o'xshamagan holda gol ura oladi". Arsen Venger

"Bazida futbolda gol urib turish kerak". Terri Anri

"Tottenxem"ning maydonida ularni yutib turganimizda, raqiblar hisobni 2:2 qiladi va biz bilan durang o'ynay olganidan juda xursand bo'ladi. Maurisio Tarrachoning so'zlarini eslayman: "CHempion bo'lishimiz uchun bir ochko ham etarliligini bilasizlarmi?". Hamma hayratda edi. SHundan so'ng men quyidagilarni gapirdim: "Xa. Endi biz sizlarning maydoningizda bayram qilmoqchimiz. Xayr!" "Uayt Xart Leyn"dagi chempionat g'olibligi haqida Terri Anri


"Siz Anrining barcha xususiyatlarini ko'rib, unga o'xshash futbolchi topa olmasligingiz mumkin. Siz unga kerakli joyda to'pni oshirasiz va u tezkorligi sabab, jahonning xar qanday himoyachisidan qochib keta oladi". Dennis Bergkamp

"Aynan nima uni o'zgacha ko'rsatadi? Unda jismoniy va texnik iqtidor aralashmasi  va o'tkir aql va hammasidan ham muhimroq, futbolga bo'lgan ishtiyoqi bor.Arsen Venger


"Terri jahondagi eng yaxshi hujumchi. So'zsiz, u dunyodagi eng zo'ri. Terri shunchaki gol urmaydi. U eng omadsiz kunida ham juda muhim pasni amalga oshira biladi. U kuchli xarakterga ega futbolchi. Agar ishlari yurishmasa, Anri ortga qaytadi. U klubga katta tasir qiladi". Patrik Vieyra

"Uning sensacion faoliyati, Terrining ustaligini aksidir. U murabbiy orzu qiladigan, barcha xususiyatlarga ega futbolchi edi - jismoniy kuch, texnik daraja, super bilim va mehnatga bo'lgan mehr unga katta yordam beradi. U shunchaki dunyomizda barcha sovrinni yutgan professionalning namunasi, Terri sen haqiqatdan ham o'zgacha eding. "Emireyts" oldida Terri Anrining haykali ochilishida Arsen Venger


"U oyoqlari tufayli gollar urish bo'yicha mutaxassisdir. Anrining eng yaxshi sifati - u to'p bilan bo'lganda, Terrining tezligi. Menimcha, u futboldagi eng tez inson bo'lsa kerak. Dunyodagi hech bir himoyachi unga eta olmaydi". Lilian Tyuram

"U Ronaldu qila olmaydigan ishlarni bajaradi. U yaxshi kayfiyatda bo'lsa, Anrini hech kim to'xtata olmaydi. U boshqa hujumchilarga o'xshamaydi. Unga o'xshash futbolchini ko'rmaganman. U katta texnik xususiyatlarga va eng yaxshi bo'lish xohishiga ega sportchi. "Arsenal" afsonasi Alan Smit


"Ronaldino o'zgacha futbolchi, ammo Terri Anri, menimcha, texnik jihatdan kuchliroq va buyuk o'yin ko'rsatgan futbolchi. Zinedin Zidan

"Siz hech qachon "Arsenal"ni tark etmaslik haqida o'ylayapsizmi? Bir kuni bu yomon fikr ekanligini sezib qolasiz (qaytish). Barchamiz birinchi "Rokki"ni sevamiz, oxirgisi borasida bunday deya olmayman. Terri Anri, "Nyu-York Red Bulls"ni tark etayotib


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика