Terri Anri PSJning Mbappe shartnomasi bo'yicha ishidan norozi
14 dek 2021 10:16
Yangiliklar
Terri Anri PSJning Mbappe shartnomasi bo'yicha ishidan norozi
Franciya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Terri Anri PSJni hujumchi Kilian Mbappening klubdagi kelajagi so'roq ostida ekanligi uchun tanqid qildi.
"Klub ikki yil oldin barchasini hal qilishi kerak edi. Ular stulga o'tirishlari va Mbappega aytishlari kerak edi: "Bu sening jamoang bo'ladi, biz atrofingda jamoa qurmoqchimiz. Ammo, hozirda uning taqdiri o'z qo'lida, u qaerga xohlasa o'tishi mumkin" - deydi Anri.
22 yoshli francuz "Real" o'yinchisiga aylanishi mumkin. Uning PSJ bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar