Terri Anri: "Arsenal"dan "Barselona"ga o'tganimda yig'laganman"
02 fev 2015 22:32
Yangiliklar
Terri Anri: "Arsenal"dan "Barselona"ga o'tganimda yig'laganman"
Arsenalning sobiq hujumchisi Terri Anri londonliklar safini tark etish oson bo'lmaganini takidlab o'tdi.
"Arsenal" 2007 yilga qadar juda kuchli, mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan jamoa sifatida shakllangan edi. Keyingi mavsumda esa bu jamoa ancha sochilib ketgandi. Men "Arsenal"ni tark etayotganimda 29 yoshda edim. O'shanda jamoadan ketish haqida o'ylamayotgandim. SHunchaki yana 4-5 yil yuqori saviyada o'ynashim kerakligi haqida bosh qotirayotgan edim. Ayni o'sha mavsumda Arsen Vengerni jamoada qolishiga ham ishonmagandim. "Arsenal"dan "Barselona"ga o'tayotganimda yig'lagandim. Bu oson bo'lmagan. "Barselona"dek jamoani tarixida qolish oson ish emas. Ammo biz bir mavsumda oltita sovrinni yutib, bu ishni ham uddalagandik.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar