So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  3 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  35 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

Terma jamoamizning asl kuchini Osiyo o'yinlarida ko'ramiz Yangiliklar

Terma jamoamizning asl kuchini Osiyo o'yinlarida ko'ramiz

Kecha O'zbekiston terma jamoasi Bokuda Ozarbayjon termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
O'yinda har ikki jamoa ehtiyotkor bo'lib to'p tepgani uchun hisob ochilmadi. Albatta, darvozaga gol urish uchun imkoniyatlar bizda ham, raqibda ham bo'ldi. Lekin darvozabonlarning ishonchli harakati sabab to'p kiritilmadi. Bu o'yinda milliy terma jamoamiz emas, balki Inchonda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida qatnashadigan jamoa to'p surgani uchun tarkibda legionerlar o'ynamadi.

O'yin haqida nima deyish mumkin? G'alaba qozonishni xohlaganimiz bilan bunga istak va xohish kamdek ko'rindi. Nima bo'lgan taqdirda ham bu o'rtoqlik uchrashuv edi, shu bois yigitlar shunga monand harakat qilishdi. Hamma o'zini ehtiyot qilib o'ynashiga to'g'ri keldi. Umuman olganda bahs qiziqarli kechgani yo'q. O'yinda shiddat kuzatilmadi. Har ikki tomon ham zavqli bo'lmagan ftubol namoyish etdi. Ko'pincha shunday o'yinlarni ko'rganda tez zerikib qolasiz.

Futbolchilarimizda individual mahorat chakki emas ekan. Faqat jamoaviy o'yin borasida hali ancha ishlash kerakligi ko'rinib qoldi. Bundan tashqari, tashkil qilgan hujumlarimiz ham sodda ko'rinish oldi. Ko'p vaziyatlarda Sardor Rashidov o'yinni o'z qo'liga olishga intildi-yu, biroq “yolg'iz otning changi chiqmas” deganlaridek hadeb individual harakatlarga urg'u berish natijaga erishiladigan paytda pand berib qo'yishi mumkin.

O'yin tempiga esa maktab bahosida -4 qo'ysa bo'ladi. Xullas, bu bahs terma jamoamizning imkoniyatlarini ochib bera olmadi. SHunday ekan, asl kuchimizni baribir Osiyo o'yinlarida bilib olamiz. Hozirdan bu musobaqada bemalol g'olib bo'lishimiz mumkinligi haqida hamma erda gapirilyapti. Buning uchun terma jamoamizda salohiyat etarli. 20 yil oldingi natijani takrorlash uchun hozirgi avlodda imkoniyat bor. Faqat qishda Ummonda bo'lib o'tgan U-22 Osiyo chempionatidagi kabi to'ydan oldin nog'ora chalib yana quruq qaytmasak bo'lgani. Negaki o'shanda ham bizning tarkib eng kuchli deya etirof etilgan, biroq amalda hatto guruhdan chiqa olmagandik. Ammo bu safar hammasi boshqacha bo'ladi degan umiddamiz.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика