So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

Terma jamoamizga o'yinni va futbolchilarni boshqaradigan SARDOR kerak Yangiliklar

Terma jamoamizga o'yinni va futbolchilarni boshqaradigan SARDOR kerak

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga KXDRga qarshi o'yin bilan JCH-2018 saralash bosqichini boshlaydi.
Ertangi bahs soat 13:00da start oladi va "Sport" telekanali orqali efirga uzatiladimi-yo'qmi, hozircha malum emas.

Biz uchun muhimi esa terma jamoamizning safardan g'alaba bilan qaytib kelishi. Buning uchun jamoamizda ishonch ham, salohiyat ham, kuch ham etarli. 11 iyun kuni Mirjalol Qosimov shogirdlari Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. SHuncha imkoniyat bo'lishiga qaramay, to'p kirita olmadik. Raqib esa o'yin oxirlarida juda faol harakat qilib, bitta gol bilan yutib ketdi.

Albatta, o'z maydoningda yutqazib qo'yish juda alamli. Bu xoh o'rtoqlik o'yini bo'lsin, xoh rasmiy uchrashuv. Terma jamoalarimiz va klublarimiz ishtirokidagi bahslarga etibor bering, bizda gol urish uchun etarlicha vaziyatlar bo'lyapti. Lekin foydalanishga kelganda hamon oqsayapmiz. Bu muammoning echimi qaerda? Ochig'i, biz bu borada biror narsa deya olmaymiz. Bu savolga javob topish avvalambor murabbiylarning ishi hisoblanadi.

Erondan uchralgan mag'lubiyatga Mirjalol Qosimov oddiy o'rtoqlik uchrashuvi sifatida qaradi, bundan fojia yasamasligimiz kerakligi haqida gapirdi. Albatta, bundan hech kim fojia yasayotgani yo'q. Faqat bizni nima uchun qulay imkoniyatdan to'p kirita olmayotganimiz xavotirga solyapti.

Mirjalol Qosimov - bosh murabbiy. Har qanday bosh murabbiy bilan bo'lgani kabi Qosimovning ham ishi maydon chizig'iga etganda tugaydi. Buyog'i endi futbolchilarning o'ziga bog'liq. Qosimov ko'rsatmalarni to'g'ri berishi, o'yinchilarni ruhlantirishi mumkin, ammo maydondagi ishning katta qismi baribir futbolchining o'zida qoladi. Buyog'iga jamoani boshqarish oson kechmaydi. Maydonda futbolchilarni boshqarish uchun esa bosh murabbiymizga yordamchi kerak.

Murabbiy maydonga tushgan 11 nafar futbolchining hammasiga birdek ishonishi mumkin, ammo uning suyanadigan o'yinchisi, aniqrog'i maydondagi yordamchisi bitta bo'ladi. Va bu futbolchida etakchilik qila bilish xususiyati, sheriklarini boshqara olish qobiliyati bo'lishi kerak. Ehtimol, bu futbolchi juda zo'r o'yinchi bo'lmasligi mumkin, ammo u maydonda etakchi bo'lishi, boshqalar unga quloq solishi shart.

O'z vaqtida Patrik Vieyra "Arsenal"da, Roy Kin MYUda shunaqa futbolchi edi. Ular juda chiroyli o'yin ko'rsatmasa-da, muhimi, jamoani boshqara olishardi. Ular bosh murabbiyning maydondagi vazirlari edi. Boshqalar murabbiydan keyin aynan shu futbolchilarning gapiga quloq solardi. O'ylashimcha, bizda ham shunday futbolchi bor, bu - Aziz Haydarov. Aziz Haydarov - tabiatan g'olib, engilishni yoqtirmaydi. Bunga uning "Lokomotiv" va "Bunyodkor" safidagi o'yinlari orqali ham ko'p bor guvoh bo'lganmiz.

Aziz Haydarov hech qachon diqqat-markazdagi futbolchi bo'lmagan, undan Sardor Rashidovga o'xshab o'ynashni kuta olmaymiz. Lekin aynan u jamoani boshqara oladi. Fikrimizcha, Qosimov aynan Aziz Haydarovga sardorlik bog'ichini topshirib, uni maydondagi o'ng qo'li etib tayinlashi kerak. Biz bu gaplarni nima uchun aytyapmiz? Eron bilan o'yin shuni ko'rsatdiki, hamma o'zicha harakat qildi. Kimnidir yomon o'yin ko'rsatdi deya olmaymiz, barcha murabbiy bergan ko'rsatmalardan kelib chiqib to'p tepdi. Lekin shu kuni o'yinni va sheriklarini boshqaradigan futbolchi ko'zga tashlanmadi. Natijada terma jamoamiz JAMOAga emas, 11 nafar qobiliyatli yigitlar yig'indisiga o'xshab qoldi.

Avvalo Ignatiy Nesterovning nima uchun sardor etib tayinlangani tushunarsiz bo'ldi. Aytaylik, "Yuventus"da Buffon sardor bo'lishi mumkin, lekin bizning mentalitetdan kelib chiqib aytganda, sardorlik bog'ichi maydonda harakatlanadigan o'yinchidan birida bo'lishi kerak. Va shu futbolchi sheriklari uchun ham javob bera olishi lozim. Terma jamoa sardori jamoadagi eng yaxshi futbolchi bo'lishi shart emas, muhimi u sheriklarini boshqara olsin, tanbeh berganda hamma unga quloq solishi shart.

Men jamoa sardori deganda kurashuvchan, boshqalarni ham shunga unday oladigan o'yinchini tushunaman. Terma jamoa safida nechta o'yinda tushganiga emas, balki xarakteriga, unda sportcha yovuzlik bor-yo'qligiga qarayman.  Sportda xarakter juda katta rol o'ynaydi. Va shunday xarakterga ega futbolchi bizda bor va uning borligidan foydalanib, jamoani o'sha o'yinchi atrofida qurishimiz kerak.

Mirjalol Qosimov - terma jamoa bosh murabbiyi, u kishiga aql o'rgatishga bizning haqqimiz yo'q. Faqat jamoa manfaati uchun shu gaplarni aytmasak bo'lmasdi. CHuknki Eron bilan o'yinni yuqoridan ko'rganimizda terma jamoa jipslashgan jamoa sifatida ko'zga tashlanmadi. Futbolchilarga maydondagi boshqaruvchi etishmadi. Aziz Haydarov o'ynagani bilan unga qo'mondon tomonidan qolganlarga boshchilik qilish vazifasi topshirilmagani uchun u ham oddiy askardek harakat qildi.

Agar Qosimov hammani bir joyga yig'ib, o'yin payti mendan keyin shu futbolchiga quloq solasizlar deya, sardorlik bog'ichini Aziz Haydarovga topshirib, uni rasman o'ng qo'li deb elon qilsa, o'ylaymizki, shundagina biz haqiqiy O'zbekiston terma jamoasini ko'ramiz.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика