So’nggi yangiliklar

01:42Шомуродовнинг ассисти уч очко олиб келмоқда: А Сериянинг 35-тур якунлари  0 01:09Фарҳод Нишонов: "Ўйиндан кўнглим тўлмади. Биринчи бўлимда ҳар томонлама ютқаздик"  0 00:55ЕЧЛ. "Интер" – "Барселона" 2:3 (матнли трансляция)  362 00:53"Барселона"га қарши ўйиндан кейин "Реал" Анчелоттининг кетишини эълон қилади  1 00:21"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ажойиб таклиф бермоқда  0 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  1 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3 20:35Криштиану Роналду ўғлининг Португалия терма жамоасига чақирилганига муносабат билдирди  4 20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  1 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0

Terma jamoamiz Yaponiyaga 1:5 hisobida yutqazdi Yangiliklar

Terma jamoamiz Yaponiyaga 1:5 hisobida yutqazdi

Yaponiya va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Yaponiya - O'zbekiston 5:1

Gollar:
Toshixiro Aoyama 6, - 1:0. SHinji Okazaki 54, - 2:0. Gaku SHibasaki 78, - 3:0. Islom To'xtaxo'jaev 81, - 3:1. Takashi Usami 83, - 4:1. Kengo Kavamata 88, - 5:1.

Yaponiya:
Eyji Kavashima, Acuto Uchida (Kosuke Ota, 46), Masato Morishige, Gen SHoji, Gotoku Sakai, Toshixiro Aoyama, Yasuyuki Konno (Xiroki Mizumoto, 46), Takashi Inui (Takashi Usami, 62), Keysuke Xonda (Yuya Osako, 70), SHinji Kagava (Gaku SHibasaki, 68), SHinji Okazaki (Kengo Kavamata, 83).

O'zbekiston:
Akbar To'raev, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, SHuhrat Muhammadiev (Akmal SHorahmedov, 74), Aleksandr Merzlyakov (Farrux Sayfiev, 58), Aziz Haydarov, Lutfulla To'raev (SHavkat Mullajonov, 84), Sanjar Tursunov (Sardor Mirzaev, 58), Sardor Rashidov, Vohid SHodiev (Zohir Quziboev, 46), Bahodir Nasimov (SHahzod Nurmatov, 77)
Zaxira: E
.Suyunov, A.Muhamedov, A.Filiposyan


                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                          
YANGILASH



90.
O'yin tugadi. O'zbekiston Yaponiyaga 1:5 hisobida yutqazdi

89. Akbar To'raev to'pni qaytarishga urindi, uning ustidan oshirilgan to'p Kavamataga bordi. Kengo bosh bilan darvozani ishg'ol qildi - 5:1.

89. GOL! 5:1. Kavamata!

88. ZARBAAAAAAA! USAMI! Uning zarbasi Akbar To'raevning qo'llariga tegib maydonni tark etdi!

85.
Yaponlar to'pni o'zlarida saqlab turishibdi

84. O'zgarish. O'zbekiston.
Lutfulla To'raev o'rniga SHavkat Mullajonov tushdi

83. GOL! 4:1. Takashi Usami! Uch nafar himoyachimizdan qochib ketib jarima maydoni ichiga kirib bordi va gol urdi!

82. O'zgarish. Yaponiya.
SHinji Okazaki o'rniga Kavamata tushdi

82. Jarima maydoni ichiga kelgan To'xtaxo'jaev darvozani ishg'ol qildi - 3:1.

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Islom To'xtaxo'jaev 3:1.

79. Jonli devordan qaytgan to'pni SHibasaki egallab olib hujumga o'tdi, himoyachilarimizning barchasi oldinga o'tib ketishgandi...Akbar To'raev o'z jarima maydonini tark etib chiqdi, SHibasaki uzoq masofadan to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 3:0.

79. GOL! 3:0. Gaku SHibasaki.

78.
SHorahmedov jarima to'pi ishladi. CHamasi 30 metrlardan jarima to'pi. Rashidovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

76. O'zgarish. O'zbekiston.
Bahodir Nasimov o'rniga SHahzodbek Nurmatov tushdi

75. ZARBAAAAAAA! RASHIDOVVVVVVVV! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarba xavfli lekin noaniq chiqdi!

74. O'zgarish. O'zbekiston.
SHuhrat Muhammadiev o'rniga Akmal SHorahmedov tushdi

72.
Terma jamoamiz hujumi...Rashidovning pasiga Nasimov eta olmadi

70. O'zgarish. Yaponiya.
Keysuke Xonda o'rniga Yuya Osako

68. O'zgarish. Yaponiya.
SHinji Kagava o'rniga Gaku SHibasaki tushdi

67.
Kagava burchak to'pini amalga oshirdi, Xondaning bosh bilan yo'llagan zarbasini himoyachimiz qaytardi!

65. Sardor Mirzaev!!! Ikki futbolchini aldadi, lekin to'pni sheriklariga oshirishga juda sekin harakat qildi. Sardor Rashidovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi yana noaniq!

64. Xavfli vaziyat! Hozirgina maydonga tushgan Usami chap qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga uzatdi, Okazaki to'pga eta olmadi

62. O'zgarish. Yaponiya.
Takashi Inui o'rniga Takashi Usami tushdi

62.
Kagava hujum tashkil qildi, uning pasini Xonda tushunmadi. Xalilxojich hujum besamar tugaganidan norzi

60.
Sardor Mirzaev maydon markazida SHinji Kagavani yiqitdi

57. O'zgarish. O'zbekiston.
Aleksandr Merzlyakov va Sanjar Tursunov o'rniga Sardor Mirzaev va Farrux Sayfiev tushdi

54. CHap qanotdan Otaning uzatib bergan to'pini SHinji Okazaki boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:0.

53. GOL! 2:0! SHinji Okazaki

51. ZARBA!
SHinji Okazakining zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi

49. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Lutfulla To'raev

47.
Rashidov jarima to'pini amalga oshirdi, uning oshirib bergan to'pini SHuhrat Muhammadiev noaniq tarzda yo'lladi.

46. O'zgarish. Yaponiya.
Acuto Uchida o'ringa Kosuke Ota, Yasuyuki Konno o'rniga Xiroki Mizumoto tushdi

46. O'zgarish. O'zbekiston.
Vohid SHodiev o'rniga Zohir Qo'ziboev tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


Birinchi bo'lim statistikasi
Zarbalar 6:9
Aniq zarbalar 4:4
Xavfli hujumlar: 26:19
Burchak to'plari: 4:1
Jarima to'plari: 6:11
Offsaydlar: 1:2


45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi

45.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

43. ZARBAAAAA! Xonda va Kagava jarima to'pini tezda amalga oshirishdi, Kagavaning zarbasini Akbar To'raev qaytardi!

39. Aziz Haydarov o'ng qanotda ajoyib fint qilib raqiblarning qoida buzishiga majbur qildi. Jarima to'pini Rashidov amalga oshirdi. Uning uzatgan to'pini To'xtaxo'jaev boshi bilan zarba berdi, 1 metrdan noaniq zarba!



36.
Akbar To'raev burchak to'pi vaqtida qo'lidan jarohat oldi. Unga shifokorlarimiz yordam ko'rsatishdi

35.
Yaponlar uzun paslar va tezkor harakatlar orqali jarima maydonimizga yorib kirishmoqda

32.
Yana bir hujum. To'raevning pasidan so'ng o'ng qanot himoyachimiz SHuhrat Muhammadiev boshi bilan zarba berdi, noaniq!

29. ZARBAA!! CHap qanotdan Merzlyakov to'pni jarima maydoniga uzatdi, SHodievning zarbasi o'xshamadi, Tursunovning boshi bilan yo'llagan zarbasi esa Kavashimaning qo'liga borib tushdi!



26.
Yana bir hujum. SHodiev to'pni Rashidovga uzatdi, Sardor to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va hujum uzilib qoldi

24.
CHap qanotda Tursunov havolatib to'pni uzatdi, Gotoku Sakai to'pni qaytardi. Burchak to'pidan so'ng Anzur Ismoilov boshi bilan zarba berdi, noaniq.

22.
Terma jamoamiz hujum qilishga urinishmoqda. Har holda butun jamoa bilan himoyalanmayapmiz. Markazda To'raev va Rashidov ancha faol

20. Gol muallifi Toshixiro Aoyama



18.
O'zbekistonning hujumi. Vohid SHodiev to'pni orqaroqqa, Rashidov yanada orqaga uzatdi, Lutfulla To'raevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Kavashima ushlab oldi

15.
Inui jarima maydonimiiz ichiga yorib kirib zarba berdi, To'xtaxo'jaev to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

12.
Bahodir Nasimov raqib jarima maydoni ichida to'pni sheriklariga uzatdi, himoyachilar o'z o'rnida...

10. ZARBAAAAAAAA! Merzlyakovning chap qanotdan uzatgan to'pini Sardor Rashidov chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, salgina noaniq!

9.
Yaponlar juda tezkor o'yin namoyish etishmoqda. Xondaning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Akbar To'raev qaytardi!

7. Yana hujum!
Okazakining zarbasi To'xtaxo'jaevga tegib maydonni tark etdi. Juda xavfli

6. Burchak to'pidan so'ng Akbar To'raevning qaytargan to'pni Aoyama chamasi 25 metrlardan darvozaning to'qqizligiga joylab qo'ydi - 1:0.



6. GOL! 1:0.


6. XAVFLI VAZIYAT! Xonda-Okazaki-Inui kombinaciyasidan so'ng Kagava zarba berdi, burchak to'pi.

3.
Yaponlar jarima to'piga ega bo'lishdi. Kagavaning to'p uzatib berdi, to'pni himoyachilarimiz qaytarishdi

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

- Navbat Yaponiya davlat madhiyasiga.

- Davlatimiz madhiyasi yangramoqda!


- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- O'yin soat 15:25da boshlanadi.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика