So’nggi yangiliklar

10:50Камавинганинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қачон сафга қайтиши маълум  0 10:23Килиан Мбаппе "Реал Мадрид"даги дебютдан сўнг фикр билдирди  2 09:55Суперлига. Бугун 16-турга старт берилади  2 09:28Ламин Ямальнинг отасини пичоқлаб кетишди  4 09:171:6 учун реванш олинадими? Ўзбекистон терма жамоаси бугун Анголага қарши иккинчи ўртоқлик учрашувини ўтказади  1 09:00Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 08:32Кечаги Суперкубокнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги ярим финалчи аниқланади  3 02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  1 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  32 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  1 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  1 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  4 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  5 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  21

Terma jamoamiz Qatarga yirik hisobda yutqazdi Yangiliklar

Terma jamoamiz Qatarga yirik hisobda yutqazdi

Doxada Qatar va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinning 4-daqiqasida mezbonlar ilk xavfli vaziyatni tashkil etishdi. CHap qanotdan oshirilgan to'pni Sebastyan Soriya darvozaga yo'llay olmadi. 

7-daqiqada vakillarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi, biroq Sergeev to'pga eta olmadi. 

11-daqiqada Bobur Yo'ldoshev Soriyaning oyog'ini bosib oldi. Qatarliklar jarima to'piga ega bo'lishdi. Bu vaziyatda to'pni himoyachilarimiz qaytarishdi. 

15-daqiqada Soriyaning oshirib bergan to'pini sherigi darvozaga yo'llay olmadi.

17-daqiqada hisob ochildi. O'ng qanotdan jarima maydoniga oshirib berilgan to'pni Soriya yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

19-daqiqada Iskanderovning pasidan so'ng SHodiev hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq zarba yo'liga himoyachi g'ov bo'ldi.

20-daqiqada Xalfan Ibrohim ajoyib reyd tashkil etdi, ikki futbolchidan qochib ketib darvozaga zarba berdi, biroz noaniq!

22-daqiqada SHodiev 22 metrlardan darvozaga aniq zarba berdi, to'pni Qosi Burxon ushlab oldi.

27-daqiqada vakillarimiz gol urishdi. Jamshid Iskanderovning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Kozak yana darvozabonga yo'lladi. SHodiev esa o'yndan tashqari holatdan turib gol urdi. Vengriyalik hakamlar golni inobatga olishmadi.

32-daqiqada Iskanderovning oshirgan to'pini Kozak boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon qiyinchilik bilan bo'lsa ham to'pni ushlab qoldi.

37-daqiqada Nesterov kuchli zarbasidan so'ng to'pni qaytarib jamoamizni goldan saqlab qoldi.

43-daqiqada Hasan Al Haydos 20 metr masofadan kuchli zarba bilan Nesterovni dog'da qoldirdi - 2:0.

45-daqiqada Bilol Muhammadning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ignatiy Nesterov qaytardi. 

Dastlabki bo'limda 2:0 hisobi qayd etildi.


Ikkinchi bo'lim boshida Maydonga tushgan Akmal SHorahmedov qanotdan uzatilgan to'pni qaytardi.

49-daqiqada Iskanderov jarima to'pini amalga oshirdi. To'pni Qosim Burhon qaytardi.

56-daqiqada Sardor Rashidov 24 metrlardan darvozaga kuchli zarba berdi, to'pni Qosim Burhon qyatardi.

58-daqiqada terma jamoamizning hujumini Rashidovning noaniq to'p uzatishi to'xtatdi. Keyinroq Krimec raqibning qarshi hujumiga imkon bermadi. 

62-daqiqada Mustafoev to'pni jarima maydoniga uzatdi, darvozabon to'pni qo'lidan chiqarib yuborib keyin uni ushlab oldi.

64-daqiqada Rashidovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima to'pini Iskanderov amalga oshirdi. Samarasiz. 

66-daqiqada Muhammad Musa o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, hozirgina maydonga tushgan Mashal Abdulla to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 3:0.

70-daqiqada Majid Muhammadning zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi. 

74-daqiqada Xalfan Ibrohimning zarbasidan so'ng Nesterov to'pni qaytardi.

76-daqiqada vakillarimiz jarima to'pini amalga oshirishdi. Iskanderovning yo'llgan zarbasidan so'ng Qosim Burhon o'z o'rnida.

80-daqiqada Hasan Al Haydosning zarbasi noaniq ketdi.

Uchrashuvda boshqa gol bo'lmadi va Qatar o'z uyida yirik g'alabaga erishdi.


Qatar - O'zbekiston 3:0

Gollar: Sebastyan Soriya 17, - 1:0. Hasan Al Haydos 43, - 2:0. Mashal Abdulla 66, - 3:0.

Qatar: 1.Qosim Burhon, 5.Abdulaziz Hatim, 3.Abdulkarim Hassan (19.Xolid Mufta, 84), 12.Hamis Ismoil, 6.Bilol Muhammad, 7.Vesam Riziq (12.Majid Muhammad Hassan, 66), 10.Xalfan Ibrohim (27.Husayin Ali Husayin, 75), 23.Sebastyan Soriya (20.Mashal Abdulla, 66), 13.Ibrohim Majid, 11.Hasan Al Haydos, 26.Musab Mahmud (2.Muhammad Musa, 34)

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 2.Egor Krimec (3.SHavkat Mullajonov, 83), 4.Bobur Yo'ldoshev (20.Islom To'xtaxo'jaev, 76), 6.Javlon Ibrohimov (18.Fozil Musaev, 67), 7.Vladimir Kozak, 8.SHuhrat Muhammadiev (5.Akmal SHorahmedov, 46), 10.Igor Sergeev, 14.Jamshid Iskanderov, 15.Vohid SHodiev (11.Navro'z Alimov, 70), 16.Salim Mustafoev, 17.Sardor Rashidov (22.Farruh Sayfiev, 70).  

Ogohlantirishlar: Salim Mustafoev 20, Muhammad Musa 64, Bobur Yo'ldoshev 65, Ibrohim Majid 67.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика