So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  19 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Terma jamoamiz OSIYO KUBOGIGA uchib ketish arafasida! Yangiliklar

Terma jamoamiz OSIYO KUBOGIGA uchib ketish arafasida!

Tungi efir yakuniga etgach, 00:00da har bir kanalimizda O'zbekiston Respublikasining madhiyasini eshitamiz. Vatanni, vatan yo'lida xizmat qilayotganlar qadriga etadilar.

Bejizga bu gaplarni yozmayapman. O'chib bo'lgan kompyuterimni madhiya sadosi ostida yoqdim. Men so'nggi ikki oyni o'tkazganim, O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkent - Dubay - Sidney yo'nalishida Osiyo Kubogida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun Avstraliyaga uchib ketadi. 

Ayni paytda "O'zbekiston" mehmonxonasida safarga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz vakillariga chin dildan omad tilab qolamiz. OK-2015da qanday natijaga erishamiz, anig'i bilmadim. Ammo ular rosmanasiga mehnat qilishdi. Endi mehnatni rohatini ko'rish vaqti keldi. 

Terma jamoamiz safida o'rin olgan 23 nafar futbolchi O'ZBEKISTON degan nomni oqlash uchun maydonga tushadilar. Asosiy posbonimiz Ignatiy Nesterov! Ignatiydan umidimiz katta, "qora pantera"! Uni istagan paytda "Nasaf"dan Eldor Suyunov almashtirishi mumkin, u ham yolg'iz emas, bu erda "Agbon" bor, u kim deysizmi? O'zimizni Akbar To'raev!

Himoyada Xitoy yulduzi Anzur! Kerak bo'lsa Dzyuba va Xalk mendan o'ta olmaydi, Osiyodagilar nima bo'libdi degan Vitaligimiz bor. O'ng qanotni talashayotgan SHorahmedov va Muhammadiev. Ularning ikkisiga ham omad. Markazda men ham to'p tepaman deb turgan Krimec va Mullajonov. Bitta o'yinlik diskvalifikaciyasini kutib turgan To'xtaxo'jaev. Meni istagan qanotingizga qo'yishingiz mumkin deyayotgan Sayfiev.

"Jasurga o'xshashi yo'q"! "Bunyodkor" muxlislari uni shunday erkalashar edi. Unga qarama-qarshi qanotda Sanjar Tursunov yordam beradi. Ammo ularning orasida Sardor Rashidovni ham borligi unutmaylik. Oooo... O'rtaga bir qarang, eng kuchli nuqtamiz mana shu erda aslida. Sanaymiz, O-dilllll Ahme-dovvvvv. Premer ligada eng kuchli zarbaga ega futbolchilari qatoridan joy olgan vice sardorimiz. U bilan birga "Aziz Haydaroff"ni aytishimiz mumkin. Arablar uni aynan mana shunday chaqirishadi. Dubayni qaysi ko'chasiga kirmang, "Haydaroff, Haydaroff" degan olqishni ko'rasiz. Asosiy tarkibning yana ikki nafar futbolchilari sardorimiz - Server Jeparov! OK-2015da kamida bitta salto ko'rishga nima etsin? "Kopa"... Kapadzeni tajribasi musobaqada bizga qo'l kelishi aniq. Istagan paytda, yarim himoyaning istagan nuqtasida maydonga tushishi mumkin bo'lgan pleymeker bu - "Jama" Iskanderov! Ahmedov va Jeparovdan keyin oliy ligani sal bo'lsada bezay olayotgan futbolchilardan biri. To'raevga esa hali isbotlashi kerak, nima uchun Ibrohimov emas aynan u OKga yo'l olyapti. Buning uchun uning oldida imkoniyati bor. 

Sal bo'lsada bosh og'rig'imiz, hujum chizig'iga ham etib keldik. Kim o'ylagan edi Qatarda Ulug'bek Baqoev bizga muhim bo'lgan gollarni taqdim etadi deb? Hattoki so'nggi kunlargacha OKga borishi nomalum bo'lib turgan hujumchi Iordaniya bilan o'yinda dubl muallifi bo'lib, terma jamoamizni tarixda ilk marotaba yarim finalga olib chiqqan edi. SHunday ekan, o'zingni qo'lga ol SHodiev deymiz, tezroq formangni tikla Nasimov deymiz, so'nggi ikki yil davomida o'zini yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda ko'rsata olgan Sergeevga katta sahnaga xush kelibsan deymiz!

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi MURABBIYLAR - SHuhrat Maqsudov, Pyotr Gizimchuk, Aleksandr Volkov va Baxtiyor Ashurmatov! SHifokor, Abror Pirriev. Massajchilar, Marat aka va Abdulla Rizbaev. Aka-uka bo'lib qolganimiz, operator Jamoliddin Solixov va mamur Sarvar Tojiev

Menimcha bo'ldi, Sizlar vatan uchun g'alaba qozonishga, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishga majbursizlar! 

OMAD!

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика