So’nggi yangiliklar

15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  1 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2

Terma jamoa gvardiyachilari #8. Asror Aliqulov Yangiliklar

Terma jamoa gvardiyachilari #8. Asror Aliqulov

Haftaning juma kuni o'quvchilarimizga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar haqida malumot berib borishda davom etamiz.
Bugun O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha sakkizinchi o'rinda turgan himoyachi Asror Aliqulov haqida malumotlar beramiz. Ayni paytda G'uzorning “SHo'rtan” klubida faoliyat olib borayotgan futbolchi 63 marta milliy terma jamoa safida maydonga tushgan.

Aliqulov 63 uchrashuvning 53tasida to'liq o'ynagan. 6 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda uchrashuv davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. Qolgan 4ta bahsda esa murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan. Asror Aliqulov milliy terma jamoa safida jami 5036 daqiqa harakat qilgan.



Ilk o'yini va sariq kartochkasi
Aliqulov terma jamoadagi o'z debyutini 1999 yilning 11 iyul sanasida Malayziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. Uni terma jamoaga marhum Mahmud Rahimov jalb qilgan. O'sha kuni yarim himoyachi uchrashuv tugashiga 21 daqiqa qolganida Mirjalol Qosimovning o'rniga maydonga tushgan. Samarqandda tashkil etilgan bahsda vakillarimiz 3:0 hisobida zafar quchishgan.

Terma jamoa safidagi 63ta bahsda 5 marta ogohlantirish olgan va biron marta ham maydondan chetlatilmagan. Aliqulov o'zining ilk sariq kartochkasini 2001 yilda Malayziyada bo'lib o'tgan “Merdeka Kubogi”da Bosniya va Gercegovinaga qarshi o'yinda olgan.

Markaziy himoyada o'ynagan Asror Aliqulovning kam gol urishi barchaga malum. U terma jamoada gol ura olmagan.


 
Ishtirok etgan musobaqalari
Qahramonimiz Osiyo Kubogi-2004 saralashi va final bosqichida ishtirok etgan. Bundan tashqari Aliqulov JCH-2002, JCH-2006 va JCH-2010 saralashlarida ham maydonga tushgan. 2004 yil Xitoyda o'tgan Osiyo Kubogida Asror Aliqulov terma jamoamiz safida barcha 4ta uchrashuvda maydonga tushgan va to'liq o'ynagan. Osiyo kubogi-2004da O'zbekiston guruhda Iroq, Saudiya Arabistoni va Turkmaniston ustidan bir xil 1:0 hisobida g'alaba qozongan. CHorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida yutqazib qo'yib musobaqani tark etgan.



Raqib terma jamoalar
Futbolchi sifatida 31ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Qatar, Tailand, Saudiya Arabistoni kabi jamoalarga qarshi 5 martadan o'ynagan. Keyingi o'rinda Bahrayn joylashgan - 4ta o'yin.

Sariq kartochkalari
Yuqorida aytib o'tganimizdek Aliqulov terma jamoa safida jami 5 bor sariq kartochka bilan jazolangan. Asror bu ogohlantirishlarni 3ta jamoaga qarshi o'yinlarda olgan.

Qatarga qarshi uchta o'yinda sariq olgan himoyachi Bahrayn hamda Bosniya va Gercegovina bilan bahslarda bittadan ogohlantirish “ishlab olgan”. 



Yillar
Aliqulov 1999-2008 yillar davomida terma jamoada faoliyat olib borgan. U 2008 yil eng ko'p uchrashuv o'tkazgan – 12ta. 2004 yil esa qahramonimiz 11ta o'yinda harakat qilgan.

Asror Aliqulov terma jamoadagi eng so'nggi uchrashuvini 2008 yil 15 oktyabr kuni Yaponiya qarshi o'tkazgan. JCH-2010 saralashidagi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.


Asror Aliqulovning yubiley o'yinlari

#

Raqib

O'yin maqomi

Hisob

Sana

Daqiqasi

1

Malayziya

O'rtoqlik uchrashuvi

3:0

11.07.1999

21

10

Ummon

JCH-2002 saralashi

4:2

13.10.2001

39

20

Tojikiston

Osiyo Kubogi-2004 saralashi

4:1

17.11.2003

90

30

Falastin

JCH-2006 saralashi

3:0

08.09.2004

90

40

Bahrayn

JCH-2006 saralashi

1:1

08.10.2005

90

50

Qozog'iston

“Alma TV” kubogi

1:1

11.03.2007

90

60

Qatar

JCH-2010 saralashi

0:3

06.09.2008

90

63

Yaponiya

JCH-2010 saralashi

1:1

15.10.2008

90



Keyingi juma kuni Maksim SHackix haqida malumot beramiz.

Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика