So’nggi yangiliklar

08:48Ди Мария янги мавсумда Мессининг жамоадошига айланадими?  0 08:25ФАКТ. Ўзбекистон U-23 Осиё кубокларида Японияга ютқазмаган   4 07:58Про лига. Бугун 6-турдан ўрин олган барча ўйинлар бўлиб ўтади   0 07:24U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон бугун финалда Япония билан ўйнайди  19 07:05Европа лигаси. "Рома" - "Байер" 0:2  1 07:00Европа лигаси. "Марсель" - "Аталанта" 1:1  0 06:50АПЛ. "Челси" - "Тоттенхэм" 2:0  0 06:40U23 Осиё кубоги. Ироқ - Индонезия 2:1  1 02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  22 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  3 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  3 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  2 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4

Terma jamoa gvardiyachilari #7. Nikolay SHirshov Yangiliklar

Terma jamoa gvardiyachilari #7. Nikolay SHirshov

Haftaning juma kuni o'quvchilarimizga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar haqida malumot berib borishda davom etamiz.
Bugun O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha ettinchi o'rinda turgan himoyachi Nikolay SHirshov haqida malumotlar beramiz. Ayni paytda Rossiyaning quyi divizioni klublaridan birida o'ynayotgan hamyurtimiz 63 marta milliy terma jamoa libosini kiygan.

SHirshov 63ta uchrashuvning 41tasida to'liq o'ynagan. 15ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda uchrashuv davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. 7ta bahsda esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan. Nikolay SHirshov milliy terma jamoa safida jami 4818 daqiqa harakat qilgan.

Ilk o'yini, goli va sariq kartochkasi
SHirshov terma jamoadagi debyutini 1996 yilning 19 noyabr kuni BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. Uni terma jamoaga bosh murabbiy Bahodir Ibrohimov jalb qilgan. O'sha kuni yarim himoyachi uchrashuv tugashiga 20 daqiqa qolganida Eduard Mamotov o'rniga maydonga tushgan. Uchrashuvda vakillarimiz 2:4 hisobida mag'lub bo'lishgan.

Terma jamoa safidagi 63ta bahsda 16 marta ogohlantirish olgan va biron marta ham maydondan chetlatilmagan. SHirshov o'zining ilk sariq kartochkasini JCH-1998 saralashi doirasidagi Yamanga qarshi bahsda olgan. 1997 yil 9 may kuni Sana shahrida bo'lib o'tgan o'yin O'zbekiston uchun Jahon chempionati saralashlari doirasidagi dastlabki uchrashuv bo'lib tarixda qolgan.

Aynan o'sha saralash doirasidagi Kambodjaga qarshi qarshi kechgan matchda SHirshov terma jamoa safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'lgan. Bahsning 6-daqiqasida aynan Kolya hisobni ochgandi. Katta yoshli futbol muxlislarining yodida bo'lsa kerak, o'sha bahs 6:0 hisobida yakunlangandi.


 
Ishtirok etgan musobaqalari
Qahramonimiz Osiyo Kubogi-1996, 2000 va 2004 saralashlari va final bosqichlarida ishtirok etgan. Bundan tashqari SHirshov JCH-1998, JCH-2002 va JCH-2006 saralashlarida ham maydonga tushgan. 1996 yil BAAda o'tgan Osiyo Kubogida Nikolay SHirshov terma jamoamiz safida 2ta uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan. O'zbekiston guruhda Xitoyni mag'lub etgan (2:0), lekin Yaponiya (0:4) va Suriyaga mag'lub bo'lgach (1:2) so'nggi o'rinni band etib guruhda qolib ketgan.

Livanda bo'lib o'tgan 2000 yilgi Osiyo Kubogida Kolya jamoamizning barcha uchta bahsida ham to'liq o'ynagan. O'sha qita chempionatida O'zbekiston Qatar bilan durang o'ynagan (1:1), Saudiya Arabistoni (0:5) hamda Yaponiyadan (1:8) o'ta yirik hisoblarda mag'lub bo'lgani barchani yodida. Osiyo kubogi-2004da O'zbekiston chorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida yutqazib qo'yib musobaqani tark etgandi. SHirshov bu musobaqaning ikkita o'yinida maydonga tushgandi.



Raqib terma jamoalar

Futbolchi sifatida 29ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p raqiblik qilgan jamoa bu - BAA. Arablarga qarshi SHirshov 7 marta maydonga tushgan. Keyingi o'rinda Hindiston joylashgan - 4ta uchrashuv.

Gollari
Yarim himoyachi 63ta o'yinda 13ta gol urgan. Uning birinchi goli Kambodjaga qarshi bahsda urilgani haqida yozib o'tdik. Ko'p uchrashuvlarni chap qanot himoyasida o'tkazgan Nikolay KXDR va SHri-Lanka jamoalari bilan o'yinlarda dublga erishgan. BAAga qarshi bahslarda ikkita gol urgan.

Bundan tashqari Gonkong, Hindiston, Iordaniya, Kambodja, Qatar, Xitoy va  Malayziya darvozalari bir martadan ishg'ol qilingan. SHirshovning terma jamoadagi ilk goli va so'nggi goli orasidagi farq 6 yilni tashkil etgan. So'nggi gol 2003 yil 19 noyabr kuni Osiyo Kubogi-2004 saralashi doirasida Gonkong darvozasiga urilgan.



Sariq kartochkalari
Yuqorida aytib o'tganimizdek SHirshov terma jamoa safida jami 16 bor sariq kartochka bilan jazolangan. Kolya 13ta jamoaga qarshi o'yinlarda sariq kartochka olgan. Hindiston, Yaman va Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvlarda ikki marta ogohlantirilgan. Birinchi sariq kartochkani Yaman bilan o'yinda ishlab olgani haqida malumot berdik. Eng so'nggi ogohlantirishni esa JCH-2006 saralashi doirasidagi Kuvaytga qarshi uchrashuvda olgan.

Yillar
SHirshov 1996-2005 yillar davomida terma jamoada faoliyat olib borgan. U 1997 yil eng ko'p uchrashuv o'tkazgan – 13ta. 2001 yil esa qahramonimiz 12ta o'yinda harakat qilgan.

Nikolay SHirshovning terma jamoadagi eng so'nggi o'yini 2005 yil 17 avgust kuni Kuvaytga qarshi bo'lib o'tgan. O'sha bahsni ko'pchilik jamoamizning super irodali g'alabasi bilan tugaganini yaxshi eslaydi – 3:2.


Nikolay SHirshovning yubiley o'yinlari

#

Raqib

O'yin maqomi

Hisob

Sana

Daqiqasi

1

BAA

O'rtoqlik uchrashuvi

2:4

19.11.1996

20

25

Eron

Osiyo o'yinlari-1998

0:4

14.12.1998

90

50

Belorussiya

O'rtoqlik uchrashuvi

1:2

30.04.2003

90

60

Saudiya Arabistoni

Osiyo Kubogi-2004

1:0

22.07.2004

90

63

Kuvayt

JCH-2006 saralashi

3:2

17.08.2005

90



Keyingi juma kuni Asror Aliqulov haqida malumot beramiz.

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика