Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi bugun tunda keladi
18 avg 2021 08:30
Yangiliklar
Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi bugun tunda keladi
O'FA sloveniyalik murabbiy Srechko Katanec bilan kelishuvga erishganidan xabaringiz bor.
Sloveniya terma jamoasi bilan Evropa va jahon chempionatida qatnashgan ushbu mutaxassis shartnoma imzolash maqsadida bugun tunda yurtimizga etib keladi. Katanecning O'FA rahbariyati bilan uchrashib, shartnoma tuzishdan tashqari keyingi rejalarni hal qilib olishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, 58 yoshli murabbiyning oxirgi ish joyi Iroq terma jamoasi bo'ldi. U iroqliklarni JCH-2022 saralash bahslarida uchinchi bosqichga olib chiqdi va shu yilning boshidan beri maosh olmagani bois majburan o'z lavozimini tark etdi. Srechko Katanec endilikda O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi.
Fikrlar