“Terma jamoamizda jarohatlar borligi yomon, biroq bu narsa bizning o'yinimizga tasir ko'rsatmasligi lozim”
03 fev 2024 12:45
Yangiliklar
“Terma jamoamizda jarohatlar borligi yomon, biroq bu narsa bizning o'yinimizga tasir ko'rsatmasligi lozim”
Terma jamoamiz sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O'zbekiston terma jamoasida jarohatlar ko'payib ketgani haqida fikr bildirdi.
“Bu juda ham noxush holat. Jarohat futbolning bir qismi. Bundan qochib, qutilib bo'lmaydi. Jamoamizning bir qator etakchilari Osiyo chempionatidan avval va turnir davomida jarohat olishdi. Biroq bu futbol. Tarkibimizda ularni bosadigan futbolchilar bor deb o'ylayman, bu turnirga yurtimizning eng yaxshilari etib keldi. Bunga misol: Diyor Xolmatov. U avvalgi o'yinda barchasini ko'rsatib berdi. Jarohatlar borligi yomon, biroq bu narsa bizning o'yinimizga tasir ko'rsatmasligi lozim”, — dedi Ahmedov.
Fikrlar