So’nggi yangiliklar

22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  1 22:35Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  0 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  2 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  11 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  9 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  5 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  18 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  7 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  5

Terma jamoalar murabbiylari hisobot topshirdi Yangiliklar

Terma jamoalar murabbiylari hisobot topshirdi

3 avgust, dushanba kuni “Terma jamoalar markazi”da turli yoshdagi terma jamoalarga boshchilik qilayotgan mutaxassislar markaz rahbariyatiga iyul oyida davomida qilingan ishlar yuzasidan hisobot topshirishdi va avgust oyi uchun rejalar tasdiqlandi.

Yig'ilishda markaz direktori Asqar Tolibjonov, texnik direktor Deyan Jurjevich, markaz direktori 1-o'rinbosari Ramil Ilyosov, musobaqalar o'tkazish bo'limi rahbari Botir Karimjonov, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan va katta murabbiyi Ravshan Haydarov, olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilov va katta murabbiyi Dilshod Nuraliev, yoshlar termasi ustozi Jasur Abduraimov va o'smirlar termasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev ishtirok etdi.

Dastlab milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan 19-26 iyul kunlari Toshkentda tashkil etilgan yig'in haqida hisobot berdi. Bir haftalik yig'in davomida 22 va 25 iyul kunlari olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazildi. Unda milliy chempionatimizda to'p tepayotgan nomzodlar holati ko'rib chiqildi. Mashg'ulot va bevosita o'yin jarayonlari asosida ular haqida tegishli xulosalar chiqarildi. Milliy terma uchun navbatdagi yig'in 27 avgust kuni boshlanadi va 6 sentyabrgacha Toshkentda davom etadi. 3 sentyabr kuni Yaman bilan Toshkentda, 8 sentyabr kuni Filippin bilan safarda Osiyo va jahon chempionati birlashtirilgan saralash bosqichida o'yinlar bo'lib o'tadi. Yig'inga xorij chempionatlarida o'ynayotgan legioner futbolchilarimiz ham jalb etiladi. Yig'in boshlanguncha barcha nomzodlar o'rganib boriladi. Kelayotgan bellashuvlar muhim bo'lgani sababli raqiblarni o'rganish jarayoni allaqachon boshlab yuborilgan.

Keyin olimpiya terma jamoasi murabbiylaridan hisobot qabul qilindi. 11-16 va 20-25 iyul kunlari Toshkentda ikki marta yig'in tashkil etildi. Unda yangi ish boshlagan murabbiylar shtabi jami 46 nafar nomzodni ko'zdan kechirdi. Ular orasidan navbatdagi yig'inlar uchun 28-30 nafar o'zlarini yaxshiroq ko'rsatgan nomzodlar tanlab olinishi, shu bilan birga barcha nomzodlarni kuzatishda davom etilishi malum qilindi. Kelasi yilning 12-30 yanvar kunlari Qatarda o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan olimpiyachilarimiz 27 avgust kuni Toshkentda yig'ilishadi va ertasiga Slovakiyaga xalqaro turnirda qatnashish uchun uchib ketishadi. 9 centyabrgacha o'tkaziladigan xalqaro musobaqada Saudiya Arabistoni, BAA, Iordaniya va Quvayt olimpiya terma jamoalari bilan bir qatorda vakillarimiz ham ishtirok etishadi. Qatardagi musobaqaning final bosqichiga 12 sentyabrda qura tashlanadi.

O'smirlar termasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev 8-13 iyul kunlari Toshkentda shogirdlarini yig'inda yana bir bor sinovdan o'tkazdi. 2 nazorat uchrashuvida nomzodlar tekshirib ko'rildi. 5 avgust kuni o'smirlar termasi Toshkentda yig'iladi va 7 avgustda Xitoyda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun jo'nab ketadi. 16 avgustgacha davom etadigan yig'inda 3ta nazorat bahsi tashkil etish mo'ljallanmoqda. Ayni paytda saralash bosqichida ishtirok etadigan tarkib deyarli aniqlab olingan. 16-20 sentyabr kunlari Falastinning Al-Ram shahrida o'smirlarimiz Maldiv orollari, Falastin va Yaman terma jamoalariga qarshi Osiyo chempionati caralash bahslarida maydonga tushishadi. Bu jamoa oldiga saralash bosqichida yaxshi o'yin ko'rsatib, kelasi yil Hindistonda o'tkaziladigan qita chempionati final bahslariga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi 29 iyundan 7 iyulga qadar Toshkentda yig'in o'tkazib, “Oq-tepa” va “Olmaliq” klubi yoshlari bilan nazorat bahslarida o'ynadi. Yoshlar 4-6 avgust kuni Toshkentda yig'inga kirishadi va 7 avgustda Yaponiyaga xalqaro turnirda qatnashish uchun jo'nab ketadi. 7-13 avgust kunlari “Xirosima”, Yaponiya va Polsha yoshlariga qarshi uchrashuvlar o'tkaziladi. Yoshlar termasi 2016 yil Bahraynda bo'lib o'tadigan qita chempionati final bosqichiga chiqish uchun 28 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Bangladeshning Daka shahrida SHri Lanka, Butan, Pokiston va Bangladesh yoshlar termalari bilan saralash bahslarida maydonga tushadi.

Hisobot yig'ilishi so'ngida “Terma jamoalar markazi” direktori Asqar Tolibjonov murabbiylardan hisobot va rejalarni qabul qilib oldi. Barcha terma jamoalarga yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlar oldidan etarli sharoitlar muhayyo etilishi haqida takidlab o'tdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика