So’nggi yangiliklar

20:35Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  3 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  9 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2

Terma jamoalar markazi topshirig'iga binoan Jalilov Slovakiyaga bormadi Yangiliklar

Terma jamoalar markazi topshirig'iga binoan Jalilov Slovakiyaga bormadi

Terma jamoalar markazi topshirig'iga binoan bosh murabbiy Viktor Jalilov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi delegaciyasi bilan Slovakiyadagi xalqaro turnirga bormaydigan bo'ldi va milliy terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi.

Slovakiyadagi xalqaro turnirda olimpiya terma jamoasiga katta murabbiy Dilshod Nuraliev rahbarlik qiladi.

Olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig'iniga rahbarlik qilgan Viktor Jalilov ayni paytda milliy terma jamoa murabbiylari bilan birga Jar stadionidagi mashg'ulotlarda ishlamoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 27 avgustdan buyon Toshkentdagi Jar stadionida mashg'ulot o'tkazmoqda. O'quv-mashg'ulot yig'iniga 30 futbolchi taklif etilgan. Legionerlardan Aleksandr Geynrix, Anzur Ismoilov va Fozil Musaevlar tarkibga kelib qo'shilishgan.

Yaman terma jamoasi 31 avgust dushanba kuni Dubaydan Toshkentga uchib keladi. Terma jamoa O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Ummon bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'zbekiston terma jamoasining Yamanga qarshi uchrashuvi 3 sentyabr kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 2 sentyabr kuni esa ikki terma jamoa bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani va uning ketidan rasmiy mashg'ulot o'tkaziladi.

3 sentyabr kuni “N” saralash guruhida peshqadam SHimoliy Koreya terma jamoasi Manamaga borib, Bahrayn terma jamoasiga qarshi 3-tur uchrashuvida maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:40 da boshlanadi.



5 jamoa o'ynaydigan “N” saralash guruhida peshqadamlardan yana biri Filippin terma jamoasi bu turda dam oladi. Filippin futbol federaciyasi 3 sentyabr kuni Maldiv orollari terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi haqida malum qilgan. O'yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da “Rizal Memorial” stadionida o'tkaziladi.

O'zbekiston terma jamoasi 3 sentyabr kuni Yamanga qarshi o'yinni o'tkazib, 2 kun Toshkentda shug'ullanadi va 6 sentyabrda charter reysi orqali Filippinga uchib ketadi. 7 sentyabrda Filippin va O'zbekiston terma jamoalari ishtirokida matbuot anjumani va Filippin – O'zbekiston uchrashuvi 8 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Bokayu Siti shahrida bo'lib o'tadi. 8 sentyabr kuni, shuningdek, Dohada Yaman terma jamoasi Bahrayn terma jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvini o'tkazadi. SHimoliy Koreya terma jamoasi 4-turda dam oladi va hozircha hech qanday uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmagan.

3-tur oldidan “N” saralash guruhida SHimoliy Koreya va Filippin 2 ta o'yindan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarni egallab turgan Bahrayn, O'zbekiston va Yaman terma jamoalarida esa hozircha ochko yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика