So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Terma jamoalar markazi “Bunyodkor” FKni tabrikladi Yangiliklar

Terma jamoalar markazi “Bunyodkor” FKni tabrikladi

Avval xabar berib o'tganimizdek, Osiyo Futbol Konfederaciyasi yarim himoyachimiz Dostonbek Hamdamovni qitaning 2015 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topdi.
SHu munosabat bilan “Bunyodkor” FK Bosh direktori nomiga O'zbekiston terma jamoalar markazi tabriknoma yubordi. Unda, jumladan shunday deyiladi:

                                                          Hurmatli Baxtiyor Melievich!

O'zbekiston terma jamoalar markazi Sizni va “Bunyodkor” FK jamoasini Dostonbek Hamdamov tomonidan qo'lga kiritilgan, yuksak etirof – Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi unvoni bilan tabriklaydi.

Ushbu muvaffaqiyat bu yo'nalishdagi o'zbek futbolida erishilgan birinchi yutuqdir. Bu esa “Bunyodkor” FKda yoshlar bilan yo'lga qo'yilgan ish faol va samarali olib borilayotganidan dalolatdir. Etiborlisi, OFK tanlagan nomzodlarning yakuniy uchligini “Bunyodkor”ning yana boshqa ikki vakili – Eldor SHomurodov va Zabihillo O'rinboev to'ldirishgan edi.

O'zbekiston terma jamoalar markazi nomidan “Bunyodkor” FK kollektivini muborakbod etamiz. Klubning keyingi faoliyatiga omadlar va zafarlar, yosh iqtidorli futbolchilarni tayyorlash, jamoa oldidagi loyihalarni samarali bajarish va o'zbek futbolini rivojlantirishda yo'lida olib borayotgan mashaqqatli mehnatingizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Hurmat va ehtirom ila,
TJM direktori A.I.Tolibjonov
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика