Terma jamoadan ketgan Akinfeev talabalikka qaytdi
19 okt 2018 13:27
Yangiliklar
Terma jamoadan ketgan Akinfeev talabalikka qaytdi
Rossiya terma jamoasining sobiq kiperi, CSKA darvozaboni Igor Akinfeev nega Rossiya Davlat Universitetining magistraturasiga o'qishga kirganini ochiqladi.
- "O'zim uchun hayotda yangi qirralarni ochishni istayman. Menejment sohasida bir nimalarni o'rganmoqchiman. Birja va shunga o'xshash narsalar haqida gap boshlansa men hech narsani tushunmay turaman. Bu borada umuman nolman. SHu boisdan ham o'qib o'rganmoqchiman, izlanishda davom etishni xohlayman. Men hozirda eng aqlli inson emasman va buni tuzatishni istardim. Hayotimda futbol juda katta o'rin tutadi. Ammo kelajakda nimalar ruy berishini bilmayman. SHu boisdan ham futboldan tashqari narsalarni ham o'qib o'rganmoqchiman", - deydi Igor Akinfeev RDUning yutubdagi sahifasiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Igor Akinfeev yaqinda RDU magistraturasining Menejment fakulteti talabasiga aylandi.
Fikrlar