So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  1 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Terma jamoa tarkibi: qaysi klubdan nechta? Yangiliklar

Terma jamoa tarkibi: qaysi klubdan nechta?

Teglar :  Samvel Babayan
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan navbatdagi ikki o'yin uchun tarkibni elon qildi.

Xabaringiz bor, terma jamoamiz 6 iyun kuni Tailand termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 12 iyunda esa Eronga qarshi JCH-2018 saralash o'yinida maydonga tushamiz.

Samvel Babayan bu safar 28 nafar futbolchini ryxatga kiritdi. SHulardan o'n nafari legioner. Qolgan 18 futbolchi o'zimizning oliy ligada faoliyat olib bormoqda.

Dastlab legiongerlar haqida gaplashsak. Ulardan ko'ngil to'q. Futbolchilarimizdan hech kim zaxirada o'tirib qolayotgani yo'q. Hamma o'z klubida bor kuchi bilan o'yin ko'rsatmoqda. Xitoyda faoliyatini davom ettirayotgan Anzur Ismoilov bilan Egor Krimec allaqachon mahalliy ishqibozlar mehrini qozonishgan. Odil Ahmedov-ku o'z jamoasining etakchi o'yinchilaridan biriga aylanib bo'ldi.

Yil boshida Eronning "Istiqlol" klubiga o'tgan, ammo bazi sabablar tufayli "Sepaxon"ga ijaraga berilgan Server Jeparov jamoasi bilan mavsumni 5-o'rinda tugatdi. SHundan so'ng Jeparov Toshkentga qaytib, o'z formasini ushlab turish maqsadida "Lokomotiv" mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Temurxo'ja Abduxoliqov bilan Aziz Haydarov ham malum muddat "Loko" bilan shug'ullanishdi.



Darvoqe, Temurxo'ja Abduxoliqov Qatarning "Al Sayliya" klubiga ikkinchi davrada borib qo'shilgan bo'lsa-da, yangi jamoasiga tezda kirishib keta oldi. Temurxo'ja borgan payt "Al Sayliya" jadvalning quyi qismlarida yurgandi. Keyinchalik hamma bir bo'lib harakat qila boshladi va yakunda jamoa 8-o'rinni egalladi. Temurxo'janing o'zi esa 7ta gol urib "Al Sayliya"ning yuqori o'rinlarga ko'tarilishiga munosib hissa qo'shdi.

Boshqa legionerlar ham hozir yaxshi formada va ulardan ham Eron bilan bo'ladigan hal qiluvchi bahsda astoydil harakat qilishlarini kutib qolamiz.

Terma jamoaga taklif etilgan legionerlar:
Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy)
Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy)
Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy)
Server Jeparov (“Sepaxon”, Eron)
Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar)
Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA)
Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya)
Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya)
Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar)
Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston)

Ana endi o'zimizning mahalliy yigitlarga to'xtalamiz. Aytib o'tganimizdek, terma jamoaga chaqirilgan 18 futbolchi oliy liga klublarida to'p tepmoqda. Bu safar eng ko'p futbolchi "Nasaf"dan chaqirildi - 5ta. "Paxtakor"dan to'rt futbolchi taklif etilgan bo'lsa, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"dan uchtadan o'yinchi ro'yxatga kiritilgan.

Ushbu mavsumni yuqori notada o'tkazayotgan "Qo'qon-1912" ham bosh murabbiy etiboridan chetda qolmadi. Babayan bu klubning ikki futbolchisini termaga jalb qildi. Markaziy himoyachi Murod Xolmuhamedov o'z gollari, Javohir Sidiqov esa harakatchanligi evaziga murabbiy etiborini tortgan bo'lsa ajab emas. SHuningdek, "Metallurg" himoyachisi Islom Qobilov ham MTJ yig'inida ishtirok etadi.


Terma jamoaga chaqirilgan mahalliy futbolchilar:
"Nasaf" - Eldor Suyunov, Farrux Sayfiev, Akmal SHorahmedov, Azizjon G'aniev, Odil Hamrobekov.
"Paxtakor" - Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Davron Hoshimov, Igor Sergeev.
"Lokomotiv" - Ignatiy Nesterov, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmaev.
"Bunyodkor" - Rustam Ashurmatov, Otabek SHukurov, Eldor SHomurodov.
"Qo'qon-1912" - Murod Xolmuhammedov, Javohir Sidiqov.
"Metallurg" - Islomjon Qobilov.

Boshqa klublardan hozircha hech kim jalb qilinmagan. Lekin mana shu mavjud tarkib bilan ham safarda Eronni yuta olamiz. Faqat hamma gap ishonch va harakatda. Avvalgi maqolalarda aytib o'tganimizdek, kimni chaqirish, maydonga qaysi futbolchini tushirish bosh murabbiyning o'ziga havola va biz bunga aralasha olmaymiz. Lekin murabbiy uchun muhimi kimni chaqirishdan ham ko'ra kimni qanday o'ynatish ekanligini unutmaylik.

X.Xoliqov.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика