Ter SHtegen La Ligada rekord qo'ydi
24 okt 2022 08:10
Yangiliklar


Ter SHtegen La Ligada rekord qo'ydi
Ispaniya chempionati 11-turida “Barselona” uyda 4:0 hisobida “Atletik”ni taslim etdi.
Kataloniyaliklar kiperi Mark-Andre ter SHtegen mavsum startidan o'rin olgan 11-o'yinida 9-marotaba darvoza dahlsizligini saqlab qolishga erishdi' Nemis La Liganing dastlabki qismida bunday ajoyib natijaga erishgan ilk darvozabonga aylandi.
Avvalroq, ter SHtegen darvozasiga “Real Sosedad” (4:1) azosi Aleksandr Isak, “Real” (1:3) futbolchilari Karim Benzema, Federiko Valverde va Rodrigo yo'l topishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar