Ter SHtegen Franciyada jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi
08 dek 2023 12:44
Yangiliklar
Ter SHtegen Franciyada jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi
Kecha "Barselona" va Germaniya termasi kiperi Mark-Andre Ter SHtegen Franciyaning Strasbur shahrida o'z yo'nalishi bo'yicha eng kuchli mutaxassislardan biri bo'lgan Afshib Gangi tomonidan operaciya qilindi.
Golkiperga "ko'k-anorranglilar" shifokori bu safar davomida hamrohlik qilgan.
Jarrohlik amaliyoti u qadar murakkab bo'lmadi. Yaqinda Ter SHtegen bir necha oy davom etishi kutilayotgan tiklanish jarayonini boshlaydi. Taxminlarga ko'ra, kiper yanvar oyi oxiri yoki fevral boshlarida safga qaytadi.
Ter SHtegen "Barselona"ga "Borussiya Myonxengladbax"dan 2014 yil yozida ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. 31 yoshli darvozabon kataloniyaliklar safida 394 o'yinda ishtirok etib, 383 ta gol o'tkazib yubordi va 165 bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.
Fikrlar